Tovuqli «Kachchiatore» taomi
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq oyoqchalariBoldir suyagi (голяшки)
-
1/4 choy qoshiqdan tuz va murch
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
3 ta piyoz
-
230 gramm shampinyon
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
125 millilitr qizil quruq vinoo'rniga bulyondan solish ham mumkin
-
2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
400 gramm pomidor
-
1 choy qoshiq tuyilgan timyanyangi uzilgan bo'lsa, unda 1 osh qoshiq to'g'rab solamiz
-
1 dona lavr yaprog'i
-
3 osh qoshiq muzdek suv
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
ustiga sepish uchun ta'bga qarab petrushka yoki kashnich
Yo’nalishlar
Kachchiatore (cacciatore) italyanchadan tarjima qilganda, «ovchi» degan ma’noni bildiradi. Odatda, bu tovuq, quyon yoki ovlanadigan qush go’shtidan qilinib, qo’ziqorin, pomidor, ziravorlar va vino bilan birga dimlab pishiriladi.
Juda to’yimli va mazali taom.
Bir kishilik miqdori: 2 ta tovuq oyoqchasi, 130 ml qayla.
Taomning bir kishilik miqdirining ozuqaviy qiymati taxminan quyidagicha: 219 kKal bo’lib, oqsillar – 26 gr, yog’lar – 6 gr, uglevodlar – 13 gr.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 45 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtda amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq oyoqchalari | |
1/4 choy qoshiqdan tuz va murch | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
3 ta piyoz | |
230 gramm shampinyon | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
125 millilitr qizil quruq vino | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
400 gramm pomidor | |
1 choy qoshiq tuyilgan timyan | |
1 dona lavr yaprog'i | |
3 osh qoshiq muzdek suv | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ustiga sepish uchun ta'bga qarab petrushka yoki kashnich |
Tovuq oyoqchalarinibyuvib, qog'oz sochiqda quritamiz. Siz xohishga qarab, tovuq go'shtining xohlagan qismidan ishlatishingiz mumkin: filesi, qanotchalari, soni yoki oyoqchalari.
Shampinyonlarni parrak qilib to'g'raymiz.
Piyozni yupqa to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Pomidorni po'stini archib, uni ham to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.
Gaz pechini tovuq filesidan ishlatsangiz 170 C darajaga, oyoqchalaridan solsangiz, unda 180 C ga yoqib qo'yasiz.
Tovaga yog' solib, tovuq go'shtini 10-15 daqiqa qizqrtirib qovuramiz. So'ng alohida idishga solib chetga olib qo'yamiz.
Qo'ziqorin, piyoz va sarimsoqpiyozni tovaga solib, yumshaguniga qadar qovuramiz.
Ustidan pomidor va vinoni quyamiz, vino o'rniga tovuqli bulyondan ham solish mumkin. Suvi biroz bug'languniga qadar pishiramiz. Taxminan 2-3 daqiqa. So'ng pomidor, lavr yaprog'i va timyanni solib, ustidan tovuqni teramiz, qaynash darajasiga keltiramiz.
Tovani ustini zar qog'ozda yopib, 25-30 daqiqa gaz pechida pishiramiz. Tayyor bo'lganini tekshirish uchun pichoq bilan teshib tekshiring. Undan qizil rangli suv chiqmasa demak tayyor, agar biroz xomroq bo'lsa, unda yana 15 daqiqacha pishiring. Qayladan tovuqlarni terib, boshqa idishga olamiz va gaz pechini 160 C darajaga tushiramiz.
Kraxmalga sovuq suv solib aralashtieamiz va qaylaga solamiz, gaz pechiga qo'yib 2-3 daqiqa dimlab pishiramiz.
Tayyor qaylaga limon sharbatidan sepamiz. Likopchaga avval tovuqlarni terib chiqamiz, ustidan qaylani quyamiz. Qaylani alohida idishga ham solib, birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha! Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq oyoqchalari | |
1/4 choy qoshiqdan tuz va murch | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
3 ta piyoz | |
230 gramm shampinyon | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
125 millilitr qizil quruq vino | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
400 gramm pomidor | |
1 choy qoshiq tuyilgan timyan | |
1 dona lavr yaprog'i | |
3 osh qoshiq muzdek suv | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ustiga sepish uchun ta'bga qarab petrushka yoki kashnich |