fbpx
Tovuq va shampinyonli salat

Tovuq va shampinyonli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugungi mazali va noan’anaviy salatimiz hammaga yoqishi aniq. Tovuq go’shti va qo’ziqorinning noan’anaviy yong’oq bilan boyitilishi biz kutgandan ham a’lo natijani berdi.

So’z bilan ifodalab berolmaydigan xushta’m bu salatni albatta tayyorlab ko’ring. Barchangizga yoqishiga aminmiz.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm tovuq go'shti (lahm)
150 gramm qattiq pishloq
100 gramm yong'oq
200 gramm marinadlangan shampinyon
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Tovuq goshtini pishgunicha qaynatib olamiz. Qaynatyotgan suvga tuz solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pishloqni somoncha shaklda, qo'ziqorinni plastinga shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pishgan tovuq go'shtini sovutamiz va uni ham somoncha shaklida to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Yong'oqni o'qlovda maydalaymiz yoki pichoq bilan to'g'rab chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Hammasini bitta idishga solamiz, tuz va murch sepamiz va mayonez solib aralashtiramiz.

Dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 50 daqiqa
  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
400 gramm tovuq go'shti (lahm)
150 gramm qattiq pishloq
100 gramm yong'oq
200 gramm marinadlangan shampinyon
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Batafsil fotoretsept: Koreyscha kim-pab rollarini uyda tayyorlash
keyingi
Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda kartoshkali chipslar tayyorlash

Fikringiz