Qorag’at to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
- Bozor savdo rastalarida qorag’at mevasi tugamasdan turib, ulardan to’yib iste’mol qilishga ulguring. Ularni qishga qanday g’amlab qo’yish haqida hozir gapirib o’tamiz.
Qorag’atning foydali xususiyatlari
Qora qorag’at o’zida ko’pgina vitaminlar, organik kislotalar, antioksidantlar va boshqa foydali moddalarni saqlaydi. U quyidagilarga yordam beradi:
- Avitaminoz va ishtahaning yo’qligida;
- kislota pasaygan gastritda;
- gemoglabin tushganida;
- quvvatsizlikda;
- qorag’at tomirlarni kengaytirib, moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi;
- yurak faoliyatini yaxshilaydi;
- shakar miqdorini kamaytiradi;
- viruslarga qarshi kurashadi.
Qorag’atning zararli tomonlari
Agarda sizdabqonning quyuqlashuvi yuqori bo’lsa, unda ko’p miqdorda bu rezavor mevadan iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Quyidagi kasalliklarda esa umuman qorag’atdan iste’mol qilish mumkin emas:
- sariq kasalligida;
- oshqozon kislotasining oshishida;
- oshqozon yoki o’n ikki barmoq ichagi yallig’lanishida.
Bir kunda qanchagacha qorag’atdan iste’mol qilish mumkin
Qorag’atda organik kislotalar ko’pligi sabab ham, oshqozonni zo’riqtirishi mumkin, shu sabab ham uni ko’p iste’mol qilish mumkin emas. Sog’lom insonlarga ham bir kunda 500 grammdan ortiq qorag’atdan iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Qorag’atni asosan tvorogli desertlar bilan qo’shib iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ozishda qorag’atning o’rni
Qorag’atni ko’pgina parhezlarga ham qo’shishadi. U organizmdan ortiqcha suvlarni chiqatib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, yog’larni eritadi.
Qorag’atning kaloriyasi juda past bo’lib, mahsulotning 100 grammi 44 kKal ni tashkil etib, 0.4 grammini oqsillar, 7.3 grammini uglevidlar tashkil etadi.
Qorag’atli parhezlar ko’pga emas, 3-5 kunga mo’ljallangan bo’lsa ham, bunday parhez tutishdan avval shifokor bilan maslahatlashib olish shart.
Qora va qizil qorag’atning bir-biridan farqi
Qora qorag’at qizil va oqiga nisbatan shirinroq va foydaliroq ekan. 50 gramm qorag’at yeb, bir kunlik C vitaminiga ega bo’ladi.
Qizil qorag’atda temir va kaliy miqdori ko’p bo’lib, ular qon tomirlari va qon aylanishini yaxshilaydi.
Qorag’atni qishga saqlab qo’yish
Qishda mazali rezavor mevadan iste’mol qilishni xohlasangiz, uni quyidagi usullarda saqlab qo’ying:
- birinchi usul, murabbo. Qayta ishlanilishi sabab ham, ko’pgina vitaminlari nobud bo’ladi, ammo baribir ham foydali bo’lib qolaveradi. Murabbo uchun 1 kilo qorag’atni yuvib, ustidan 1 kilo shakar sepamiz va gazga qo’yib, past olovda kovlab turamiz. Ustida ko’piklar paydo bo’lganda esa, sterillangan bankalarga solib yopamiz.
- ikkinchi usul, o’z sharbatiga. Bundabqorag’at o’zining barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. 1 litrli bankaga 1 kilo qorag’atdan solamiz va 5 choy qoshiq shakar sepamiz. So’ng qopwog’ini yopib, 15 daqiqa sterilizatsiya qilamiz va qooqog’ini yopib, olib qo’yamiz.
- uchinchi usul, muzlatish. Katta-katta mevalarni tanlab, patnisga terib muzlatamiz. Muzlagandann so’ng esa olib, vakumli yelim qog’oz yoki konteynerga solib muzxonaga olib qo’yamiz.