Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: Emborg krem-cheese
Bugun ko’pchilikka qiziq bo’lgan pishloq Emborg krem-cheese pishlog’i haqida gapirib beramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizga bu firma anchadan beri tanish bo’lib, ammo uning krem-cheese pishlog’idan ta’tib ko’rmagan edik. Undan xarid qildik va ta’tib ko’rdik, ta’mi bizlarga juda yoqdi.
Qaymoqli ta’mda, silliq ko’rinishdagi bu pishloq butterbrodga ham, pishiriqlarga solishga ham yaxshi ekan. Agar siz ham eritilgan pishloqlarni sevib iste’mol qilsangiz, unda bu pishloq ham sizga yoqishi aniq.
Qadog’i
Pishloq plastik qutichada bo’lib, rangsiz qopqoq bilan yopilgan. Uning ostida himoya qiluvchi folga bo’lib, oson ochilib-yopiladi. Binafsha rangdagi, Emborg yozuvli bu pishloq savdo peshtaxtalaridagi mahsulotlar orasida tezda ko’zga tashlanadi.
Mahsulotning og’irligi 200 gramm.
Ta’mi
Siz qaympqli ta’mda bo’lib, mayin nonga yaxshi surtiladi, o’zidan suv ajratmaydi. Uni lavashga surtgan edik juda mazali rollar hosil bo’ldi.
Tarkibi
Tarkibi ham yomon emas: sigir suti, tuz, lkatozali aralashma, quyuqlashtirgich: kaliy sorbat.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 268 kKal bo»lib, 5.4 gramm oqsillar, 26 gramm yog’lar, 3 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Emborg krem-cheeseni quyidagi narxlarda sotiladi:
- Korzinka.uz supermarketlarida 17 990 so’m narxga;
- Arba.uz internet do’konidan 16 190 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.