Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Sof Sut yogurtlari
Toshkent savdo markazlarida yaqinda yangi mahsulotlar – Sof Sut yogurtlari savdoga qo’yildi. Bizlar uning ikki xili qulupnayli va o’riklisidan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar bundan sal avvalroq Sof Sutning sut va sariyog’laridan xarid qilib, ularni ta’tib ko’rgan edik. Bu safar navbat ularning yogurtlariga keldi. Yogurt mazali va xushbo’y bo’lib, uni nonushtada ichish, bolalarga maktabga olib borishlariga berish mumkin. Agarda siz ham sutli mahsulotlarni yaxshi ko’rsangiz, unda bu yogurtdan ta’tib ko’rdik.
Qadog’i
Yogurt rangsiz plastik butilkalarga solingan bo’lib, undan yogurt ko’rinib turadi. Yorlig’ida yogurt to’g’risida barcha ma’lumotlar ko’rsatilgan.
Yogurtning hajmi 500 millilitrni tashkil qiladi.
Ta’mi
Asosiysi mahsulotning ta’mi. Bizlar qulupnayli va o’rikli yogurtlardan ta’tib ko’rdik, ammo mahsulotning bananli va shaftoli-marakuyalisi ham mavjud. Yogurt ichida meva bo’lakchalari mavjud. Yogurtning rangi yoqimli, tabiiy va bo’yoqlar solinmaganligiga ishonamiz.
Yogurtning shirinligi me’yorida, uni o’zini ichish, granolaga aralashtirib iste’mol qilish va pishiriqlarga solish mumkin, o’ylaymizki mazali chiqadi. Ochilmagan yogurt bir haftagacha saqlanadi, ochilgandan so’ng esa bu muddat ikki martaga qisqaradi.
Tarkibi
Tarkibi ajoyib: normallashtirilgan sut, achitqi, shakar, mevali to’ldirgich (qulupnay va o’rik).
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 92.9 kKal bo’lib, 2.5 grammini oqsillar, 4 grammini yog’lar, 13 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Sof Sut yogurtlarini bizlar Makro supermarketidan 4 190 so’mga xarid qildik.