Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Terra di Sole motsarella pishlog’i
Supermarketlardagi navbatdagi yangi mahsulot bu o’zimizda ishlab chiqarilgan motsarello pishlog’i bo’ldi. Uning ikki xil ko’rinishi mavjud bo’lib, ikkalasidan ham xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko’rsak, doimo quvonamiz. Terra di Sole motsarello pishlog’i ham bundan mustasno bo’lmadi va kayfiyatimizni ko’tarib yubordi. O’zimizning ishlab chiqaruvchilar ham Yevropa standartiga mos mahsulotlar ishlab chiqarishsa, bu bizning yutug’imizdir. Mana o’zimizning motsarellolar ham chet elnikidan qolishmaydi.
Bu pishloq bilan buterbrodlar tayyorlash, salatlarga qo’shish mumkin. Lekin bu pishloq bilan pishiriqlar tayyorlashni tavsiya etmaymiz.
Qadog’i
Motsarello pishloqlari zip-lock usulida yopiladigan folgali o’ramlarda qadoqlanilgan. Pishloqning ikki xil ko’rinishi bo’lib, binafsharangli o’ramda mini motsarello va qizil o’ramda klassik motsarello joy olgan.
Mahsulotning og’irligi:
- mini-motsarello— 150 gramm;
- motsarello- 125 gramm;
- tuzli suv bilan ikkala mahsulotning og’irligi 300 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Pishloqlarning ikkalasining ham ta’mi bir xil, bir-biridan umuman farq qilmaydi. Faqat mini motsarellolarning hajmi kichkina bo’lib, ular salatlar, har xil gazaklar tayyorlashga juda yaxshi bo’lib, dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi.
Pishloq ta’mi juda mayin, tuzsiz, yeyilganda tishlarga yopishib qolmaydi.
Tarkibi
Uning tarkibi quyidagicha: sigir suti, achitqi, kalsiy xlorid, limon kislotasi, tuz.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Terra di Sole motsarello pishloqlarini bizlar Korzinka.uz supermarketidan 11 790 so’mdan xarid qildik.
Makro supermarketida esa bu pishloq 11 990 so’m turadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.