Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Drinktec vitaminli ichimliklar
Supermarketlarimiz peshtaxtalarida yangi sotuvga qo’yilgan mahsulotlardan yana biri Drinktec ichimliklari bo’ldi. Ular haqida batafsil gapirib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Drinktec vitaminli ichimliklari ozining yorqin qadoqlari bilan diqqatimizni o’ziga tortdi. Bizlar ularning ikki xilini uchratdik: «С Vitamin+» va «B+ Vitamin». Ulardan ta’tib ko’rish uchun xarid qildik.
Gazlangan va alkogolsiz bo’lgan bu ichimliklarning tarkibida haqiqatdan ham vitaminlar mavjud ekan (ularning ichida aromatizator va bo’yoqlar ham mavjud). Ularni biroz sovutib so’ng iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agarda siz gazlangan ichimliklarni xush ko’rsangiz, unda ulardan ta’tib ko’rishingiz kerak.
Qadog’i
Ichimliklar uncha katta bo’lmagan, to’q rangli butilkalarga solingan. Qora, qizil va sariq ranglardagi ichimlik yorlig’i diqqatni darrov o’ziga tortadi.
Ichimlikning hajmi 330 millilitrni tashkil qiladi.
Ta’mi
«Vitamin С+»
Ichimlikni stakanga quyamiz va uning sariq rangdaligiga ko’zimiz tushadi. Ta’mi biroz nordonroq, ichganda yoqimli ta’mga ega. O’rtacha me’yorda gazlangan.
«Vitamin В+»
Bu ichimlik esa och pushti rangda bo’lib, shirin va yoqimli ta’mda. Nordonroq ta’mni xush ko’ruvchilarga birinchi ichimlik, shiraxo’rlarga esa ikkinchi ichimlik juda yoqdi. Umid qilamizki, bu ichimliklar organizmga foyda keltiradi.
Tarkibi
Ichimliklarning tarkibi deyarli bir xil. Faqat bo’yoqlar va shakar miqdori, C vitamini miqdori o’zgaradi.
«Vitamin В+»
iste’mol suvi, shakar(30 gramm 330 millilitrda), askorbin kislotasi, комплекс В guruh vitamini, limon kislotasi, natriy sitrati, natriy benzoat, lyutein bo’yog’i, aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik va ozuqaviy qiymati: 37 kKal bo’lib, 0.21 milligramm В6 vitamini, 0.375 milligramm В12 vitamini, 0.9 milligramm pantoten kislotasi, 0.0075 milligramm biotin, 6.6 milligramm С vitamini.
«Vitamin В+»
toza ichimlik suvi, shakar (35 gramm 330 millilitrda), askorbin kislotasi, В guruh vitaminlar kompleksi, limon kislotasi, natriy sitrat, natriy benzoat, bo’yoqlar, aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 37 kKal bo’lib, 0.21 milligram В6 vitamini, 0.375 milligramm В12 vitamini, 0.9 milligramm pantoten kislotasi, 0.0075 milligramm biotin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Drinktec vitaminli ichimliklarini bizlar Makro supermaketidan 2 990 so’mga xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Yaxshi ma’lumotlar bor, lekin Vitamin B haqida ikkita lekin Vitamin C haqida yo’q. Ozgina xatolik bo’lgan.