Makkajo’xori to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun makkajo’xori, uning foydali xususiyatlari, ozishni xohlovchilarga undan iste’mol qilish mumkinmi yo’qmi barchasi haqida batafsil gapirib o’tamiz.
Avgustda makkajo’xorilar mavsumi ham tugab qoladi, shu sababdan mazali va juda foydali yegulikdan to’yib iste’mol qilishga ulguring.
Makkajo’xorining foydali xususiyatlari
Makkajo’xori qadimgi hindu qabilalari orasida muqaddas mahsulot sanalgan. Ular makkajo’xorining ozuqaviy xususiyatlari tufayli ham uni sevib iste’mol qilishgan. Va ular haq bo’lib chiqishdi, chunki makkajo’xori quyidagi xususiyatlarga ega:
- ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
- stressga qarshi kurashadi;
- asab tizimi, yurak va tomirlar faoliyatini yaxshilaydi;
- jigar, buyrak va soqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi;
- ko’rish qobilyatini yaxshilaydi;
- organizmni shlak va toksinlardan tozalaydi;
- immunitetni mustahkamlab, shamollash va virusga qarshi kurashadi.
Makkajo’xorining nojo’ya ta’siri
Vazn yetishmovchiligi va ovqat hazm qilish bilan bog’liq muammosi bor insonlarga makkajo’xoridan iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi..
Makkajo’xorining ozishdagi ahamiyati
Ozish uchun makkajo’xoridan iste’mol qilish kerakmi? Agarda sog’lig’ingizda hech qanday muammo bo’lmasa, unda makkajo’xoridan iste’mol qilishingiz mumkin. Aytgancha, maxsus makkajo’xorili parhezlar ham mavjud bo’lib, ularni qo’llashdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Makkajo’xori o’zida ko’pgina oqsil saqlovchi to’yimli mahsulot bo’lib, u ovqat bilan organizmga kiruvchi yog’larni organizmga singishiga yo’l qo’ymaydi. Shu sabab ham, uni ozmoqchi bo’lgan insonlarga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Makkajo’xorini qanday usulda pishirishingizga qarab, uning kaloriya miqdori o’zgaradi:
- 100 gramm qaynatilgan makkajo’xorining ozuqaviy qiymati 123 kKal;
- 100 gramm qovurilgan makkajo’xorining qiymati esa 441 kKal;
- 100 gramm konservalangan makkajo’xorining ozuqaviy qiymati – 119 kKal;
- va nihoyat 100 gramm popcornning ozuqaviy qiymati esa 325 kKalni tashkil qiladi.
Bir kunda nechta makkajo’xorini iste’mol qilish mumkin
Sog’lom odam bir kunda 200 gramm makkajo’xoridan iste’mol ilsa, bunda barcha kerakli vitamin va minerallarga ega bo’ladi. Undan ko’p iste’mol qilinsa, oshqozonga og’irlik qilishi mumkin.
Makkajo’xorini to’g’ri qaynatish
Baribir uyda pishirilgan jo’xoridan mazalisi yo’q, to’g’rimi? Tovuq mazali coch, och-sariq rangli makkajo’xori so’talarini tanlang.
- so’tadagi donlar yumshoq, lekin tarang bo’lishi kerak;
- yorqin sariq rang uning pishib ketganligidan dalolat beradi;
- qaynatishdan avval makkajo’xorini bir soat iliq suvga ivitib qo’ying;
- makkajo’xorini qaynatayotganda qozonga uning barglaridan solsangiz, u yanada mazali chiqadi;
- qozonga solib, qopqog’ini yoping va past olovda qaynatib pishirng;
- makkajo’xorini qaynayotgan suvga solish kerak;
- makkajo’xori pishishidan 5 daqiqa oldingina tuz seping, aks holda u qattiq bo’lib qoladi;
- makkajo’xorini naviga qarab, yarim soatdan 2-3 soatgacha qaynatib pishiriladi;
- qaynatish vaqtida suviga shakar yoki ozroq sariyog’ solinsa, ular yanada mayinroq bo’lib pishadi;
- pishgan makkajo’xorini qozondan olmasda, suvning ichida sovutsangiz, ta’mi juda mazali chiqadi.
Pazandachilikda makkajo’xorining o’rni
Makkajo’xoridan nimalar tayyorlashmaydi deysiz! Undan salatlar, pishiriqlar, gazaklar, suyuq va quyuq taomlar ham tayyorlashishadi. Quyida makkajo’xori bilan tayyorlanilgan bizning eng sevimli taomlarimiz keltirilgan:
- grilda pishirilgan meksikancha makkajo’xorilar dam olishga chiqqaningizda ajoyib yegulik bo’la oladi;
- Tovuqli sate – yarim soat ichida tayyorlaniladigan juda oddiy va mazli taom hisoblanadi. Unga makkajo’xorilar umuman o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.
- Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruchdan ham tayyorlab ko’ring.
- Tovuq oyoqchalaridan tayyorlaniladigan taom aynan dangasalar uchun! Nimaga deysizmi bu yerda bilib oling.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo’lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o’zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a’zo bo’ling.