Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Lavua qaymoqli pishlog’i
Yaqindagina bizlar savdo peshtaxtalarida o’zimizda «Маster Sirovar» nomi ostida ishlab chiqarilgan pishloqlarni ko’rib qoldik. Bu pishloq nimasi bilan bizlarga yoqqanini gapirib beramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar eritilgan qaymoqli pishloqlarni sevib iste’mol qilamiz. Masalan hochland, viola pishloqlari ta’mi bizlarga yoqadi. Shu sabab ham, bu pishloq qanaqa ta’mdaligi bizlarni qiziqtirdi.
Bu pishloqning narxi boshqa xorijiy pishloqlardan ancha arzon. Ta’mi ham ulardan umuman qolishmas ekan. Bilasizmi, endilikda biz o’zimizda ishlab chiqarilgan va ta’m jihatdan hech qaysi pishloqdan qolishmaydigan pishloqlar ishlab chiqarilayotganidan juda ham xursandmiz.
Qadog’i
Pishloq plastik bankacha va karton qog’ozda qadoqlanilgan. Usti plastmassa qopqoq va ichidan folga qog’oz bilan yopilgan.
Ustida «Tabiiy tarkibli» deb yozib qo’yilgan.
Bankaning og’irligi 200 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Qiziqib, ishxonaga keldik va darrov pishloqni ochib, nonga surtib yedik. So’ng pishloqni o’zini nonga surtmasdan, shunchaki ta’tib ko’rdik. Pishloq silliq ko’rinishli, mayin va yoqimli ta’mda ekan.
E’tibor bering: Bu pishloqdan chizkeyklar tayyorlab bo’lmaydi, undan faqat buerbrodlar, sendvichlar va har xil rollarga surtib yeyishga yaxshi.
Lavua pishlog’i bizlarga juda yoqdi. Ammo umid qilamizki, vaqt o’tgandan so’ng ham u o’zining sifati va mazasini saqlab qoladi.
Tarkibi
Pishloqning tarkibi qisqa va lo’ndaligi bilan bizlarni quvontirdi:
qaymoq, sariyog’, quruq sut, tuz, eritadigan tuzlar.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 318 kKal bo’lib, ulardan 14.7 grammi oqsillar, 28.8 grammi yog’lar, 0 gramm uglevodlardir.
Qayerdan qancha narxda sotib olish mumkin
Bu pishloqni bizlar Mirobod bozorining Lochin do’konidan bir bankachasini 10 000 so’mga xarid qildik.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi bilib olishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o’zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a’zo bo’ling.