Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Korovka iz Korenovki» muzqaymog’i
Toshkent savdo peshtaxtalarida sotuvga qo’yilgan yangi muzqaymoqlar bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.
Bizlar bugun «Korovka iz Korenovki» muzqaymoqlarining boshqa ko’rinishlari haqida gapirib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar bu nom ostida ishlab chiqarilgan muzqaymoqlarning qaysi birini tanlashni bilmay, oxiri muzlatgichdagi barcha muzqaymoqlarni xarid qildik. Tahririyatimiz ba’zi xodimlariga shokoladlisi yoqqan bo’lsa, ba’zilariga «krem-brule», uncha shirin ta’mni yoqtirmaydiganlarga esa yogurtli muzqaymoq yoqdi. Muzqaymoq tabiiy mahsulotlardan tashkil topganligi bizni quvontirdi.
Qadog’i
«Korovka iz Korenovki»: Lakomstvo
Chop’chadagi plombir standart folgali o’ramlarda qadoqlanilgan. Muzqaymoq usti ishtahaochar ko’rinishda bo’lib, yangi qaymoqdan tayyorlanilgan degan yozuvi e’tiborni o’ziga jalb qiladi.
Muzqaymoqning og’irligi 90 gramm.
«Korovka iz Korenovki»: Plombir
Plombir har xil ta’mlardagi ko’rinishlarda iste’molchilarga taqdim etilgan. Muzqaymoq ichidan folgali karton qog’oz bo’lib, ustida muzqaymoqni bo’lish osonroq.
Bunday muzqaymoqlar 400 grammli va 1 kiloli hajmlarda chiqarilgan.
«Korovka iz Korenovki» plastik stakanchalarda
Plombir va yogurtli muzqaymoqlar plastik idishlarda, rangsiz qopqog’chalar bilan qadoqlanilgan. Ustidan qog’ozli halqasi muzqaymoqning ochilmaganligidan darak beradi. Stakanchalar juda qulay bo’lib, ichida kichkina qoshiqchalari iste’mol qilish uchun solingan.
- Yogurtli muzqaymoqning og’irligi 100 gramm;
- Plombirni og’irligi esa 150 gramm.
Ta’mi
«Korovka iz Korenovki»: Lakomstvo
Muzqaymoqning ikkala turi ham shirin, xushbo’y vanilin va qaymoq isiga to’yintirilgan. Krem-bryule esa ko’proq muzlatilgan kremga o’xshab ketadi. Muzqaymoq usti qalin shokoladli glazur bilan bezatilgan bo’lib, tishlaganda plombir va shokolad o’zgacha, juda mazali ta’mga kiradi!
«Korovka iz Korenovki»: Plombir
Bu muzqaymoqning rang-barang ta’mari ko’zni qamashtirib yuborishi aniq. Krem-bryule, xandon pista, shokolad va shokolad bo’lakchalari, ta’bingizdan kelib chiqib tanlab olaverasiz. Muzqaymoqlar to’yimli, qaymoq ta’miga to’yintirilgan. Tarkibida xandon pistali pasta borligi bizlarni quvontirdi.
Oddiy plombir har xil koktellar tayyorlashda yaxshi ekan.
Tarkibi
«Korovka iz Korenovki»: Lakomstvo
Bu ikkala muzqaymoqning tarkibi deyarli bir xil:
qaymoq, quyultirilgan sut, shakar, shokoladli glazur, quruq sut, Kremodan stablizatori, vanilin.
«Коrovka iz Korenovki»: Plombir
Plombirning tarkibi qaymoq, quyultirilgan sut, shakar, sut, stablizator va vanilin.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 225 kKal bo’lib, 3.4 gramm oqillar, 15 gramm yog’lar, 19 gramm uglevodlar.
«Korovka iz Korenovki» plastik stakanchalarda
Uning tarkibini qaymoq, quyultirilgan sut, yogurt, shakar, stablizator va vanilin tashkil qiladi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 122 kKal bo’lib, 3 grammi oqsillar, 6 grammi yog’lar, 13.5 grammi uglevodlardir.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
- Bu muzqaymoqlar Korzinka.uz supermarketlarida quyidagi narxlarda sotiladi:
- Lakomstvo – 9 890 so’mga;
- Plastik idishdagi muzqaymoqlar 10 990 so’mdan;
- 400-grammli xandon pistali plombirni 58 290 so’mga;
- 400 grammli plombir – 31 990 so’mga;
- 400 grammli shokoladli plombirni 31 990 сso’mga;
- 400 grammli krem-bryuleni 31 990 so’mga;
- 1 kiloli krem-bruleni esa 70 390 so’mga xarid qilishingiz mumkin.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.