Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Ehrmanndan Grand Mousse musslari
Supermarketlar peshtaxtalarida Ehrmanndan ishlab chiqarilgan sutli va karamelli musslarga ko’zimiz tushdi va ularni darhol ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Avvalambor shuni tan olishimiz kerakki, bizning tahririyat xodimlari barchasi shirinlikxo’rlardir. Shu sabali ham bizlar yangi shirinliklarni ko’rishimiz bilan quvonib ketamiz.
Grand Mousse mussi o’zining mayin ta’mi va nafisligi bilan bizlarga juda ham yoqdi. Uni iste’mol qilgandan so’ng suv ichishni xohlamaysiz, chunki undagi shakar miqdori me’yorida. Aytgancha, unni biroz muzlatsak, u xuddi muzqaymoqqa o’xshab qoladi.
Qadog’i
Musslar plastik o’ramda qadoqlanilgan bo’lib, usti folgali qog’ozda yopilgan. Uning qopqog’i ochilishi va yopilishi juda qulay.
Grand Mousse sutli shirinligi og’irligi 90 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Bizlar desertning ikki xilini ham ta’tib ko’rdik, ular ikkovi ham juda mazali, mayin, xuddi paxtadek momiq ekan. U umuman yog’siz bo’lib, iste’mol qilgandan so’ng ha og’izda yog’ ta’mi qoldirmaydi. Yuqorida aytganimizdek, u muzqaymoqqa o’xshab ketadi va og’izda darrov eriydi.
Grand Mousse shokolad ta’mlisida kakao isi ufurib turadi. Karamelli muss esa sariqroq, yorqin rangda bo’lib, undan karamel isi va ta’mi kelib turadi.
Tarkibi
Shokoladli Grand Mousse
Yog’sizlantirilgan sut, «Shokolad» to’ldirgichi (suv, shakar, kakao kukuni, kakao massasi, shakar, kakao yog’i), yog’sizlantirilgan kakao kukuni, karamellangan shakar qiyomi, quyuqlashtirgichlar: Е1442, aromatizator, qaymoq, glyukoza-fruktozali qiyom, tarkibiy komponent (quyuqlashtrgichlar: У1442; jelatin, emulgatorlar: У472b, pirofosfatlar; stablizator, korraginan, dekstroza, kaliy xlorid).
100 grammning ozuqaviy qiymati: 120 kKal, 3.5 grammi oqsillar, 5.2 grammi yog’lar, 15.6 gramm uglevodlar.
Karamelli Grand Mousse
Yog’sizlantirilgan sut, «Karamel» to’ldirgichi (suv, shakar, karamel: shakar, suv, yog’sizlantirilgan quruq sut, glyukozali qiyom), quyuqlashtirgichlar: Е1442, aromatizator, qaymoq, glyukoza-fruktozali qiyom, tarkibiy komponent (quyuqlashtrgichlar: У1442; jelatin, emulgatorlar: У472b, pirofosfatlar; stablizator, korraginan, dekstroza, kaliy xlorid).
100 grammning ozuqaviy qiymati: 120 kKal, 3.2 grammi oqsillar, 4.9 grammi yog’lar, 16.5 gramm uglevodlar.
Bu musslarni sovutgichda +2 dan +6 haroratda saqlash mumkin. Ochilgandandan so’ng, darhol iste’mol qilish kerak.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Grand Mousse musslari Korzinka.uz sepermarketlarida donasi 5 990 so’m turadi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.