Gallery – gastronom butigi
«Gosronom butigi» – tushunchasi hali bizlar uchun yangi va biroz tushunarsiz bo’lishi mumkin. Shu sabab ham bugun bizlar Gallery do’koni bilan sizlarni ham tanishtirishga qaror qildik.
Bu yerda tayyorlaniladigan mahsulotlar maxsus texnologiya asosida tayyorlanib, ulardan ko’pchiligi sir tutiladi. Ularni o’zimiz ham takrorlay olmaymiz.
Agarda siz ham menga o’xshab, bunday joyga ilk marotaba tashrif buyurgan bo’lsangiz, unda peshtaxtalardagi turli-tuman qiziqarli mahsulotlaedan ko’zingiz qamashishi aniq. Bunday holatda ular nima ekanligi bilan tezroq tanishishingiz kelishi tabiiy hol. Shunda so’rashdan uyalmang, chunki bu yerdagi xushmuomala sotuvchilar sizga chin ko’ngildan yordam berishadi, qaysi mahsulotdan nima maqsadda foydalanish mumkinligini tushintirishadi.
Galleryda siz deyarli barcha mahsulotlarni topa olasiz: unli mahsulotlar, qaylalar, shirinliklar, konservalar, choy va ichimliklar. U yerda alohida muzlatgich bo’lib, ularning barchasi «Halol» sertifikati ostidagi mahsulotlardir.
Proshutto, xamon, vetchina, go’shtli delikateslar bo’li, ularning ko’pchiligi bizga notanish. Go’sht mahsulotlarisiz hayotini tasavvur eta olmaydiganlar uchun bu joy ayni muddao bo’ladi desak adashmaymiz.
Alohida sovutgichda dengiz mahsulotlariga ko’zingiz tushadi. U yerdan ularning ko’pchiligi pishirilishni talab qilmaydi, ularni ochib, shu zahoti dasturxonga tortishingiz mumkin.
Shirinliklar b o’limida u yerdagi mahsulotlarning o’ramlaridagi yozuvlarning o’zi ishtahangizni qitiqlab yuboradi, ulardan darhol ta’tib ko’rgingiz keladi. Ularning ichida konfityurlar, murabbolar, shakar qiyomiga botirib olingan mevalar, bodomli pechenyelardan tortib hatto tayyor tortlargacha mavjud.
Bundan tashqari bu yerda suyuq kollagen, organik kofein, quyi-minerallangan suv – bu oliy sinfga mansub, bizning poytaxtda uchramaydigan suvlar ham mavjud.
Bu yerdagi mahsulotlarning deyarli barchasi Yevropadan olib kelinadi, shu sabab ham juda yuqori narxlarda turadi.
Gallery gastronom butikiga siz dunyo qarashingizni kengaytirish, yangi mahsulotlar bilan tanish uchun ham bir marotaba tashrif buyuring. Avvallari bu yerdan topa olmaydigan mahsulotlarimiz endilikda o’zimizning poytaxtda!
Manzil: Osiyo ko’chasi, 1А, mo’ljal— «Novomaskovskaya»turar joyi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.