Edison – mazali yegulik va shinam joy maskani
Bugun Edison qanday kafe, bu yerda nimalar tayyorlaniladi hammasi haqida batafsil gapirib beramiz.
“Menda na ish kuni na dam olish kunlari mavjud edi. Men bundan faqatgina bahra olardim”, – deb yozadi Edisonning tashkil etgan shaxs, u yerning rahbari Tomas Edison.
Tomas Edison yaratgan qulay va ixchamgina qahvaxonasida quyidagilar taklif qilinadi: sifatli qahva, mazali pishiriq, mualliflik shirinliklaridan tortib to janubiy-sharqiy Osiyo taomlarigacha mavjuddir.
Bu yerdagi qahva taassurot qoldiruvchi mahsulot sanaladi. Chunki ularni Peru va Brazilyadagi mashhur brend ostida ishlab chiqarilgan qahvalar tashkil qiladi.
Edisonga kichkina bolajonlar bilan hech ikkilanmasdan kelish ham mumkin, chunki ularning hammasi faqat sariyog’da tayyorlaniladi. Bu yerdagi muzqaymoqlarning barchasi qo’lda, faqatgina tabiiy mahsulotlardan tayyorlanib, ularni birga uyga olib borish ham mumkin.
Bu yerda biz juda ko’p pishiriqlarni uchratishimiz mumkin, masalan har xil non turlari, kruassanlar, chizkeyklar, pishiriq va tortlarni uchratishimiz mumkin. Bundan tashqari bu yerning bosh oshpazidan mualliflik shirinliklarini ham ta’tib ko’rishingiz mumkin.
Edisonda taomlardan quyidagilarini uchratishingiz mumkin: udon, grechkali lapsha, xushbo’y teriyake qaylasi ostida pishirilgan guruchli lapshalar ajoyib ta’mi bilan ko’pchilikni manzur qilib kelmoqda.
Qomatiga e’tibor beruchilar esa bu yerda maxsus yengil taom va salatlardan bahramand bo’lishlari mumkin.
Bu yerga kelib tongni boshqacha qarshilash mumkin. Yoki do’stlar, hamkorlar bilan yig’ilish, kechqurunlari kelib mazali muzqaymoqdan ta’tib ko’rish imkoni mavjud.
Manzil: Oqqo’rg’on ko’chasi, 79-uy, 262-xonadon (Jismoniy tarbiya instituti ro’parasida)
Telefon: +(99871) 286-11-10
Facebook: edisoncafee
Instagram: @edison_cafe