Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Pure Milky sariyog’i
Mana nechi yillardan beri Pure Milky savdo belgisi nomi ostida ishlab chiqariladigan sut mahsulotlari o’zining yuqori sifati va mazasi bilan. Lekin Pure Milky sariyog’ini endi olib, ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Savdo shaxobchalarimiz peshtaxtalarida ko’payayotgan mahsulotlar orasida «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» yozuvli mahsulotlarning ko’payayotgani bizni juda ham quvontirmoqda.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Pure Milky sariyog’i zar qog’ozli o’ramda bo’lib, mahsulotning og’irligi 200 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Mahsulot och sariq rangda bo’lib, yoqimli hidga ega. Sariyog’ ta’mi ham yoqimli bo’lib, sho’r emas. Sariyog’ni nonga surtish ham qulay bo’lib, bo’linib yoki parchalanib ketmaydi.
Tarkibi
Mahsulotning tarkibi qadog’ida qisqa va lo’nda qilib yozib qo’yilgan: yangi qaymoq, hech qanday qo’shimchalarsiz.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 82,5 gr yog’lar; 0,6 gr oqsillar; 0,8 gr uglevodlar.
Energetik quvvati – 748 kKal.
To’g’ri saqlash kerak
Sovutgichda 35 dan 120 kungacha saqlash mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Arba.uz internet do’konida Pure Milky sariyog’i – 9 390 so’m turadi
Makro tarmog’idagi supermarketlarda esa – 13 990 so’m narxda turadi.
Xulosa
Sariyog’ juda mazali ta’mda bo’lib, uni ertalabki nonushtada nonga surtib yeyishga ham, har xil pishiriqlar pishirishga ham yaxshi. Narxining hamyonbopligi esa sizlarni ham quvontirishi aniq.
*Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qilinadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.