Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Mattidan Muesli batonchalari
Bugun yangiliklar bo’limimizda Matti savdo belgisi nomi ostida ishlab chiqarilgan Muesli batonchalari bilan sizlarni ham tanishtirib boramiz.
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib shunday mahsulotga ko’zimiz tushdi va darhol sotib olishga qaror qildik. Ta’mi qanaqa, qayerdan qancha narxga sotib olish haqida to’liq ma’lumot beramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Batonchalar zar qog’ozli, usti oppoq yelim qog’ozlarda qadoqlanilgan. Bir dona batonchaning og’irligi 24 gramm.
Ta’mi
Batonchalarning 3 xili mavjud bo’lib, ular quyidagilardir: “yong’oqli miks”, “kakos” va “shokolad”. Mahsulotlar ochilganda har biri o’zining yoqimli hidini taratadi. Har bir batonchalarda shokoladli, asosli va donli qavatlar bo’lib, qarsildoq, yeyishga juda qulay.
Tarkibi
Har bir batonchalar tarkibini alohida-alohida yozib qoldiramiz.
Kakos myusli-batonchiki
Tarkibi: havodek yengil guruch donlari (guruch uni, shakar, tuz), kraxmal patokasi, sutli shokolad, shakar qiyomi, (shakar, qirilgan kakao, qaymog’i olinmagan quruq sut, quruq sut zardobi, kakao moyi, kakao kukuni, kakao moyi ekvivalenti, emulgatorlar (soya letsitini, E476), vanil), makkajo’xori bodroqlari, suli bodroqlari, kakos qirindisi, shakar, glyukoza qiyomi, arpa solodi ekstrakti, kakos moyi, «Kakos» xushbo’ylantirgichi.
1 dona batonchikning ozuqaviy qiymati: 1,2 gramm oqsillar, 17 uglevodlar, 2,28 yog’lar.
Energetik quvvati 100 gramm mahsulot 390 kKalni tashkil qiladi.
Yong’oqli MIKS batoncha-myuslisi
Tarkibi: yeryong’oq, bodom, funduk, karamelli qiyom, kungaboqar urug’i, jo’xori parchalari, guruch va kakao aralashmasi, oq shira, E476 oziq-ovqat qo’shimchasi, vanil, kakos moyi, glyukozali qiyom, mayiz, glitserin, «O’rmon yong’og’i» tabiiy xushbo’ylantiruvchisi.
1 dona batonchikning ozuqaviy qiymati: 2,0 gramm oqsillar, 12 gramm uglevodlar, 7,0 gramm yog’lar.
Energetik quvvati 100 gramm mahsulot 480 kKalni tashkil qiladi.
Shokoladli batoncha-myuslisi
Tarkibi:donlar qorishmasi, suli bodrog’i, maydalangan makkajo’xori bodrog’i, suli parchalari, shokoladli donchalar, shakar, karamel qiyomi, qora glazur, glyukozali qiyom, shakar, oq arpa, kakao kukuni, kakao moyi, «Kakao» tabiiy xushbo’ylantiruvchisi.
1 dona batonchikning ozuqaviy qiymati: 1,5 gramm oqsillar, 17 gramm uglevodlar, 2,0 gramm yog’lar.
Energetik quvvati 100 gramm mahsulot 380 kKalni tashkil qiladi.
Qanday va qancha saqlash kerak
Batonchalarni saqlash muddati 13 oy. 25°C haroratdan oshmaydigan salqin joyda saqlash tavsiya qilinadi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda bir dona batoncha 3 490 so’m turadi.
Ishlab chiqarilgan davlat: Rossiya Federatsiyasi
Xulosa
Myusli batonchalari qulay qadoqlarda bo’lib, birga olib yurishga yoki bolajonlarimizga maktabga olib ketishlariga juda yaxshi. Bunda ular ko’p joyni talab qilmaydi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.