fbpx
Zanjabilli pechenyelardan gulchambar

Zanjabilli pechenyelardan gulchambar

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Qiyomiga (aysing)

Yo’nalishlar

Zanjabilli pechenye – ommalshgan yangi yil shirinligidir. Bu pechenyeni pishirishga ijodiy yondashib, yangi yil gulchambaragini yasashni taklif qilamiz.

Bunday gulchambarakdan uyingiz nafaqat bezatiladi, balki zanjabil va dolchinning xushbo’y ifori bilan to’ladi. Bu ko’rinishdagi mazali bezak nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham birdek quvontirishi aniq.

Masalliqlar:

Xamiriga
225 gramm sariyog'
100 gramm shakar
1 ta tuxum
350 gramm un
20 gramm kraxmal
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
Qiyomiga (aysing)
1 ta tuxum oqi
150-200 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Pechenyeni tayyorlash

Yumshatilgan sariyog' shakar bilan ko'pirtiriladi.

Tuxum qo'shiladi va ko'pirtirishda davom etiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Un kraxmal, zanjabil va dolchin bilan aralashtiriladi.

Unli aralashma ustidan ko'pirtirilgan massa solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Aylana shakliga keltiriladi, yelim qog'ozga o'rab sovutgichga kamida 1 soatga qo'yiladi.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng xamir 0.7 sm qalinlikda yoyiladi.

Keyin aylana shakldagi 20 va 10 sm li ikkita xamir kesishga mo'ljallangan qoliplar olinadi. Birinchi katta qolipda xamir kesiladi, so'ng kesilgan aylanachalar ichidan kichkina qolipchada yana kesib olinadi.

Agarda sizda maxsus kesishga mo'ljallangan qoliplar bo'lmasa, mavjud idishlarda kesib olavering. Masalan, kichkina likopchada yoki piyolada.

Ortib qolgan xamirdan har xil shaklchalar yasaladi.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor mahsulot gaz pechi tovasiga, yog'langan qog'oz to'shab, ustidan terib chiqiladi.

170 C da qizdirilgan gaz pechida 10-12 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Pishgan pechenyelar sovutiladi.

Qadam 6
Tugallandi

Qiyom (aysing) tayyorlanishi

Tuxum oqi ko'pirtiriladi.

So'ng shakar upasi oz-ozdan solinib, yaxshilab aralashtiriladi.

Keyin esa limon sharbati solib, silliq holatga kelgunicha yana aralashtiriladi.

Qadam 7
Tugallandi

Biz qiyom uchun oq va ko'k ranglarni tanladik.

Buning uchun qiyomni teng ikkiga bo'lib, bittasiga 2-3 tomchi ko'k rangdagi oziq-ovqat bo'yog'idan tomizamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qiyom pishiriq qopchasiga yoki yelim qog'ozga solinadi.

Uchi 1-1,5 mm kattalikda kesiladi.

Tayyor pechenyelar ustiga chizib chiqiladi va 2-3 soat qurishi uchun chetga olib qo'yiladi.

Qadam 9
Tugallandi

Ortib qolgan qiyom usti yelim qog'oz bilan yopib qo'yiladi. Undan gulchambarni yopishtirishda foydalanamiz.

Har xil shakldagi pechenyelar orqasiga oz-ozdan qiyom surtiladi va gulchambarga yopishtiriladi.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
225 gramm sariyog'
100 gramm shakar
1 ta tuxum
350 gramm un
20 gramm kraxmal
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
Qiyomiga (aysing)
1 ta tuxum oqi
150-200 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq limon sharbati
oldingi
Asal-zanjabilli soyada pishirilgan tovuq qanotchalari
keyingi
Videoretsept: Shokoladli muss

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.