Malinali “sinnabonlar”

Malinali “sinnabonlar”

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Malina solib pishirilgan sinnabon bulochkalari katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Bunday bulochkalarning ta’mi uning klassik variantidan deyarli farq qilmay, balki yanada mazaliroq chiqishini ta’minlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 millilitr iliq sut
150 gramm shakar
15 gramm quruq xamirturush
140 gramm sariyog'
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
700-800 gramm un
Asosiga:
120 gramm tvorogli pishloq
50 gramm sariyog'
50 gramm shakar
400-500 gramm malina
20 gramm makkajo'xori kraxmali
Glazuriga:
200 millilitr qaymoq
6-7 osh qoshiq shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Oshirma xamir tayyorlab olamiz:

Iliq sutga quruq xamirturush, shakar, yumshoq sariyog' va tuxumlarni solamiz. Silliq holatga kirgunicha ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Bir chimdim tuz va unni solib, yumshoq xamir qorib olamiz.

Eslatma: unning sifatiga qarab, u ko'proq yoki kamroq sarflanishi mumkin.

Xamirning ustini sochiq bilan yopamiz va 40-50 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir ikki hissaga oshganidan so'nggina keyingi bosqichga o'tamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Asosini tayyorlab olamiz:

Tvorog, yumshoq sariyog' va shakarni alohida idishga solib, ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Oshgan xamirni olib, 5-6 mm qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Malina va kraxmalni aralashtirib olamiz. Yoygan xamir ustidan tvorogli pishloq aralashmasini surtib, malinani sepib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni ruletsimon shaklda o'raymiz.

Qadam 7
Tugllandi

5 sm qalinlikdagi bo'laklar kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Bulochkalarni kattaroq qolipga terib chiqamiz. Ularning pishish jarayonida shishishi uchun orasiga oz-ozdan joy qoldirsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qolipdagi bulochkalarni ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Yana ko'tarilgan bulochkalarni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Glazurini tayyorlab olamiz:

Shakar upasi va qaymoqni aralashtirib olamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Pishgan bulochkalarni gaz pechidan olamiz va ustiga glazurdan quyamiz. Biroz sovutib, so'ng esa iste'mol qilamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 millilitr iliq sut
150 gramm shakar
15 gramm quruq xamirturush
140 gramm sariyog'
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
700-800 gramm un
Asosiga:
120 gramm tvorogli pishloq
50 gramm sariyog'
50 gramm shakar
400-500 gramm malina
20 gramm makkajo'xori kraxmali
Glazuriga:
200 millilitr qaymoq
6-7 osh qoshiq shakar upasi
oldingi
Malinali moxito
keyingi
Uy sharoitida tayyorlangan “Ice coffee”

Fikringiz