fbpx
Qozonda pishirilgan lo’la-kabob

Qozonda pishirilgan lo’la-kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lo’la kabab – bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi; u odatda mangalda pishiriladi  biz esa uni qanday qilib qozonda qilishni sizga ko’rsatib beramiz.

U tez va oson tayyorlanadi va siz uni bemalol eng aziz mehmonlarga tortiq qilishingiz mumkin bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 47 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 bo'lak oq non
300 millilitr suv
1 ta tuxum
200 gramm piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
600 gramm kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
100 millilitr o'simlik yog'i
100 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Birinchi bo'lib, non bo'laklarini suvga 5 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishga qiyma, qirg'ichdan o'tkazilgan yoki mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyoz va tuxum solib, ziravorlar sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oxirida yumshagan non bo'laklarini ham solamiz. Nonlarni solishdan avval yaxshilab suvini siqib olish kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Qiyma bir xil va ozroq yopishqoq bo'lishi uchun uni yaxshilab aralashtirib, savalaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor qiymani taxta tayoqchalarga tahminan 50-60 grammdan yopishtirib chiqamiz. Kaboblarni 15-20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonda yog'ni qizdirib, kaboblarni qizartirib qovurib olamiz. So'ngra kaboblarni ortiqcha yog'i ketishi uchun qog'oz sochiqqa qo'yib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kartoshkani po'stidan artib, katta bo'laklarga bo'lamiz va kaboblar qovurilgan qozonda qovuramiz.

Tuz va zira sepib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qozonda kartoshkani qoldirib, ustidan kaboblarni terib chiqamiz. 100 millilitr suv quyib, qaynab chiqqanidan so'ng qozon qopqog'ini yopib, o'rtacha olovda 30 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 70 daqiqa
  • Serves 14
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
2 bo'lak oq non
300 millilitr suv
1 ta tuxum
200 gramm piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
600 gramm kartoshka
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
100 millilitr o'simlik yog'i
100 millilitr suv
oldingi
Kokosli «Kuxen» pirogi
keyingi
Videoretsept: tvorog va pishloqli ravioli
Close
Login

Fikr qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.

*
*