Vitello Tonnato
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shti bon file qismi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 banka konservalangan tunets balig'iyog'da
-
5 osh qoshiq mayonez
-
2 bog' rukkola
-
1 ta shoxcha rozmarin
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
marinadlash uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Kelib chiqishi Italiya bo’lmish Vitello Tonnato yeguligi juda tez tayyorlanib, unga qo’shimcha sifatida tortiladigan maxsus qayla takrorlanmas ta’m bag’ishlashi shubhasiz.
Siz ham bir marotaba bo’lsa ham ana shunday yegulikdan tayyorlab ko’ring, umuman afsuslanmaysiz!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti bon file qismi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 banka konservalangan tunets balig'i | |
5 osh qoshiq mayonez | |
2 bog' rukkola | |
1 ta shoxcha rozmarin | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
marinadlash uchun o'simlik yog'i |
Patnisga folga qog'ozni to'shaymiz va ustidan go'shtni qo'yamiz. Tuz va murchni ayamay sepamiz, parrak qilib to'g'ralgan sarimsoq piyozni solamiz. O'simlik yog'idan quyib, yaxshilab ishqalaymiz. Folga qog'oz bilan go'shtni yaxshilab o'rab, yopamiz.
180 C darajada qizigan pechda uni 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pechdan go'shtni olamiz va o'z sharbatini singdirishi uchun folga qog'ozni ochmay, bir muddatga qoldiramiz. Darrov go'shtni kesib chiqmaymiz.
Qaylasini tayyorlab olamiz. Buning uchun konservalangan tunets balig'ini tog'orachaga solib, ustidan mayonezni ham qo'shamiz. Blenderda yaxshilab ezib, silliq holatga keltiramiz. Qora murchdan ko'proq sepamiz. Ta'bga qarab ham tuz sepish mumkin.
Rukkola ko'katini yuvib, quritamiz. Ustidan limon sharbati sepamiz.
Go'shtni yupqa parrak qilib to'g'rab, likopchalarga terib chiqamiz. Bir tomonidan rukkolani qo'yib, ustidan qaylani quyamiz.
Benihoyat mazali gazak tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shti bon file qismi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 banka konservalangan tunets balig'i | |
5 osh qoshiq mayonez | |
2 bog' rukkola | |
1 ta shoxcha rozmarin | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
marinadlash uchun o'simlik yog'i |