Baliqli Xe salati

Baliqli Xe salati

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baliqli Xe salati – koreys oshxonasining eng mashhur salatlaridan biri bo’lib, u ko’pchilikning yuragidan joy olishga ulgurgan.

Agarda sizga ham achchiq ta’mlar yoqsa, unda hech ikkilanmasdan siz ham bu salatdan tayyorlang.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo baliq filesi
2 osh qoshiq 70 % li sirka
1 osh qoshiq tuz
3-4 dona piyoz
1 bosh sarimsoqpiyoz
1,5 choy qoshiq kashnich
3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab achchiq qalampir
ta'bga qarab qora murch
1 bog' yangi uzilgan kashnich
Qadam 1
Tugllandi

Avvalambor baliqni yuvib, tangachalaridan yaxshilab tozalaymiz. Kallasi va qiltiqlarini olib tashlaymiz. Yoki bozor yoki supermarketlardagi xodimlardan baliqni tozalab berishini so'rashingiz mumkin.

Qadam 2
Tugllandi

So'ng tozalangan baliq filesini 1,5 sm kattalikdagi bo'laklarga kesib chiqamiz va chuqurroq idishga solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan tuz va sirkani solib, aralashtiramiz. Shunda ko'z oldingizda baliq filesi och rangga kirganiga guvoh bo'lasiz.

Baliq o'zidan suvini chiqarishi uchun qo'lda biroz mijiqlab aralashtirib olamiz. Ustini yopib, yarim soatga chetroqqa olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Bu vaqt mobaynida piyozni qalinroq qilib, yarim parrak halqasimon shaklda kesib chiqamiz.

Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Marinadlangan baliq och rangga kiradi. Uning tayyor bo'lganligini tekshirish uchun kattaroq baliq bo'lagini bo'lib ko'ring, agar ichiki tomoni bilan ustining rangi bir xil bo'lsa, demak u tayyor. Agar ichki tomoni to'qroq rangda bo'lsa, demak yana bir necha daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Baliq ustidan piyoz, sarimsoqpiyoz, ko'katlar va ziravorlarni solamiz. Yaxshilab aralashtirib, konteynerga solamiz va qopqog'ini yopib, sovutgichga olib qo'yamiz.

Ertasi kuni baliqni sovutgichdan olamiz va u iste'molga tayyor!

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo baliq filesi
2 osh qoshiq 70 % li sirka
1 osh qoshiq tuz
3-4 dona piyoz
1 bosh sarimsoqpiyoz
1,5 choy qoshiq kashnich
3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab achchiq qalampir
ta'bga qarab qora murch
1 bog' yangi uzilgan kashnich
oldingi
Mol go’shti va grechkadan tayyorlangan jarkop
keyingi
Parhezbop sinnabon bulochkalari

Fikringiz