fbpx
Vidioretsept: yaponcha chizkeyk

Vidioretsept: yaponcha chizkeyk

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Yaponcha chizkeyk paxtadek chizkeyk deb ham ataladi, chunki u boricha juda yengil, pufakchali va mayindir. 

    Dono yaponlar har doimgidek murakkab vaziyatdan chiqish yo’lini topishdi. Ular ma’zali, ammo juda kaloriyali chizkeykni yanada xushta’m ammo ancha yengil taomga aylantirishdi. Yaponcha chizkeykni tayyorlash uchun bir necha qoidalarga amal qilish lozim:

    Tuxumlar xona haroratida bo’lishi kerak. Ularni ko’pirtirganda yanada hajmi oshadi.
    Tuxum oqlarini me’yoridan ortiq ko’pirtirmang! Ular mayin ko’pikchalar holatiga kelgunicha ko’pirtirilishi kerak, aks holda chizkeyk kutgandagidek pufakchali bo’lib pishmaydi.
    Chizkeyk bug’li suv ustida pishirilishi lozim. Shu yo’l bilan darz ketishlarning oldi olibadi. Tayyor chizkeyk gaz pechida sovushi lozim. Agar u issiq pechdan tashqariga olinsa, darrov puchayib qoladi.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm qaymoqli pishloq
    60 gramm sariyog'
    100 ml sut
    6 tuxum
    40 gramm bug'doy uni
    40 gramm makkajo'xori kraxmali
    150 gramm shakar
    1 o'ram vanil shakari
    15 ml limon sharbati
    bir chimdim tuz
    Qadam 1
    Tugallandi

    Masalliqlarning barchasini muzlatgichdan 30 daqiqa oldin olib qo'yamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Diametri 22-24 sm bo'lgan qolipning ichi va chetlariga sariyog' surtib, ustidan pishirish uchun maxsus qog'ozni qo'yamiz. Qog'ozimiz qolipning yuzasidan 4-5 santimetrga chiqib turishi lozim.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Chizkeyk suv bug'ida pishiriladi.Germetikligini saqlab, suv tushishini oldini olish uchun qolipning ichini bir necha qavat zarqog'oz bilan qoplaymiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Chuqur idishda mikser yoki ko'pirtirgich yordamida qaymoqli pishloq, xona haroratida erigan sariyog' va 50-60 daraja issiqlikdagi sutni ko'pirtiramiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Tuxumlarning oqini sarig'idan ajratamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Sutli massamiz bir ko'rinishga kelgach, bittalab tuxum sarig'ini qo'shib, aralashtiramiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Aralashmaga vanil shakari va limon sharbatini qo'shamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Elangan bug'doy uni va makkajo'xori kraxmalini aralashmaga solib, bir massaga kelgunicha atalaymiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Alohida idishda tuxum oqiga biroz tuz solib, mikser yordamida ko'pirtiramiz. Bulutdek ko'pikchalar hosil bo'lgach, asta-sekinlik bilan shakarni qo'shamiz. Barcha shakar solingach, mikserning eng yuqori tezligida qattiq ko'pik bo'lgunicha ko'pirtiramiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Ko'pirtirilgan tuxum oqini birinchi aralashmamizga ohistalik bilan uch bosqichda qo'shib boramiz. Qo'shish davomida tuxum oqi va aralashma mussga o'xshash bir xil, pufakchali massaga aylanadi. So'ng uni qolipga quyamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    Chizkeyk solingan qolipni undan biroz kattaroq, uchdan bir qismi qaynoq suv bilan to'ldirilgan boshqa qolipga solamiz.

    Qadam 12
    Tugallandi

    Chizkeyk avval 160 daraja issiqlikda qizib turgan gaz pechida 30 daqiqa, so'ng 145 darajadagi pechda 50-60 daqiqa davomida pishadi. Chizkeyk yaxshi ko'tarilishi va usti chiroyli qizarishi lozim.

    Qadam 13
    Tugallandi

    Kerakli vaqt o'tgach, chizkeykni o'chirilgan gaz pechida yana 10 daqiqaga qoldiramiz. So'ng suvli qolipni olib tashlab, pechning eshigini ochgan holda yana 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 14
    Tugallandi

    Chizkeykni olib, 20 daqiqa davomida sovutamiz. Keyin chizkeykning orqasini o'girib, qog'ozlardan bo'shatib, yana oxirigacha sovutamiz.

    Yoqimli ishtaxa!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Qadam 15
    Tugallandi

    Muallif: Sitora

    • 2 soat
    • Portsiya 8
    • O’rtacha
    • 160 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    250 gramm qaymoqli pishloq
    60 gramm sariyog'
    100 ml sut
    6 tuxum
    40 gramm bug'doy uni
    40 gramm makkajo'xori kraxmali
    150 gramm shakar
    1 o'ram vanil shakari
    15 ml limon sharbati
    bir chimdim tuz
    oldingi
    Pishloq solib pishirilgan kartoshka-garmoshka
    keyingi
    Nemischa salat

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.