Videoretsept: Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non
Masalliqlar:
-
250 millilitr iliq suv
-
10 gramm quruq xamirturush
-
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
-
120 gramm javdar uni
-
230 gramm bug'doy uni
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq oq kunjut
-
1 choy qoshiq qora kunjut
-
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari
-
ustiga surtish uchun sut
-
ustiga sepish uchun zig'ir urug'lari, kunjut va tmin
Yo’nalishlar
Yaqindagina bizlar zig’ir urug’i solib non pishirib ko’rdik va natijasi kutganimizdan ham a’lo bo’ldi! Yumshoq, mazali va juda xushbo’y bu nondan endilikda siz ham tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qilish imkoniyatiga egasiz.
Batafsil tanishib olish uchun esa videoretseptimizni tomosha qilishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 9 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq suv | |
10 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
120 gramm javdar uni | |
230 gramm bug'doy uni | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq oq kunjut | |
1 choy qoshiq qora kunjut | |
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari | |
ustiga surtish uchun sut | |
ustiga sepish uchun zig'ir urug'lari, kunjut va tmin |
Tog'orachaga barcha quruq masalliqlarni solamiz - 2 xil un, tuz, shakar, xamirturush, zig'ir urug'i va kunjut.
Yaxshilab aralashtiriib olamiz.
Iliq suv va eritilgan yog'ni quyamiz.
Yumshoqina xamir qorib olamiz.
Toza tog'orachani yog'lab, ichiga xamirni qo'yamiz va ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz. Iliq joyga 1 soatga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni bir mushtlab olamiz va baton shakliga keltiramiz. Pergamnet qog'oz to'shalgan pech patnisiga olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, yana 30-40 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
30 daqiqadan so'ng non ustiga sutdan surtamiz, zig'ir urug'lari va kunjutdan sepamiz. 190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan nonni pech panjarasiga qo'yib, sovutib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq suv | |
10 gramm quruq xamirturush | |
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
120 gramm javdar uni | |
230 gramm bug'doy uni | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq oq kunjut | |
1 choy qoshiq qora kunjut | |
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari | |
ustiga surtish uchun sut | |
ustiga sepish uchun zig'ir urug'lari, kunjut va tmin |