fbpx
Videoretsept: tvorogli ponchiklar

Videoretsept: tvorogli ponchiklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ushbu tvorogli ponchiklar retseptiga barchaning xonadonida mavjud bo’lgan mahsulotlar kiradi.

Bunday qizilyanoq bo’g’irsoqlar asosan issiq holida yaxshi, agar uning ustiga shakar upasini sepib, sut yoki choy bilan dasturxonga tortsangiz, undanda a’lo bo’ladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm 5 % li tvorog
250-300 gramm un
100 gramm shakar
2 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Elangan unni qabartma va tuz bilan aralshtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda tuxum va shakarni "venchik" yoki mikser yordamida shakar erigunicha aralashtiramiz. So'ngra tvorog solib, bir xil bo'lguniga qadar aralashtiramiz (tvorogda katta qumoqlar bo'lishi kerak emas. Agar bo'lsa sito dan o'tkazish kerak).

Qadam 3
Tugallandi

Unli aralashmani solib, xamir qoramiz. Xamir yumshoq va ozroq qo'lga yopishadigan bo'lishi lozim.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni katta bo'lmagan bo'laklarga bo'lib, ulardan dumaloq koptokchalar yasab olamiz (bizda 24 ta koptokchalar hosil bo'ldi, ammo bemalol 30 ta chiqarsa ham bo'ladi).

Qadam 5
Tugallandi

O'simlik yog'ini tagi qalin idishga quyamiz. Ponchiklar qovurilayotganda bemalol yog'da suzib yurishlari kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Yog'ni yaxshilab qizdirib, so'ngra olovni o'rtacha darajada yoki undan ham pastroq qilib, hamma ponchiklarni qizargunicha qovurib olamiz. Aytgancha, ularni o'girib turish shart emas, bo'g'irsoqlarning o'zi erkin aylanib, har taraflama qizarib olishadi.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor ponchiklarni ortiqcha yog'i ketishi uchun qog'oz sochiqqa olamiz.
Shakar upasini sepib, dasturxonga tortamiz.
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 24
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm 5 % li tvorog
250-300 gramm un
100 gramm shakar
2 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
qovurish uchun o'simlik yog'i
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Bananli krambl
keyingi
Videoretsept: «Qush uyasi» salati

5 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.