Videoretsept: tovuq oyog’ili somsa
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
500 gramm un
-
10 gramm tuz
-
1 ta tuxum
-
260 millilitr iliq suv
-
100 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
asosiga
-
7 ta tovuq sonlari
-
150 gramm piyoz
-
3 osh qoshiq soya qaylasi
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra zira va kashnich
-
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
Yo’nalishlar
Qanday qilib mehmonlarni ajablantirish mumkin? Albatta tovuq oyog’i bilan juda chiroyli va mazali somsani pishirib. Bunday somsa stolni o’zining tashqi ko’rinishi bilan bezatadi.
Tovuq bu taomda xushbo’y va sersuv bo’lib, xamir esa, qarsildoq bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
10 gramm tuz | |
1 ta tuxum | |
260 millilitr iliq suv | |
100 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
asosiga |
|
7 ta tovuq sonlari | |
150 gramm piyoz | |
3 osh qoshiq soya qaylasi | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) |
Iliq suvda tuzni eritamiz. Unga tuxum va tuzli suvni solib, xamir qoramiz. Xamirni xona haroratida 20-25 daqiqaga qoldiramiz.
Tovuq oyoqlariga ziravorlar sepib, soya qaylasi bilan 15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz. So'ngra oyoqchalarni tovada o'simlik yog'i bilan pishgunicha qovurib olamiz.
Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz va ustiga eritilgan margarin suritamiz.
Rulet shaklida o'rab, 7 ta bo'laklarga bo'lamiz. Hosil bo'lgan bo'laklarni ezib, margarin qotishi uchun muzlatgichga 15 daqiqaga yuboramiz.
Har bir bo'lakni 5 mm qalinlikda dumaloq shaklida yoyib olamiz.
Xamir o'rtasiga ozroq maydalangan piyoz va tovuq oyog'ini qo'yamiz. O'zimizga qulay bo'lgan usul bilan chetlarini berkitamiz va o'girib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Tuxum suritib, kunjut sepamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
10 gramm tuz | |
1 ta tuxum | |
260 millilitr iliq suv | |
100 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
asosiga |
|
7 ta tovuq sonlari | |
150 gramm piyoz | |
3 osh qoshiq soya qaylasi | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) |