fbpx
O’zbekcha balish

O’zbekcha balish

Taomlari:

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Agar siz sersuv go’shtli pishiriqni yoqtirsangiz, unda ushbu retsept sizni befarq qoldirmaydi. Bugun biz sizga kefirdan tayyorlanagan go’shtli balish pishirishingizni maslahat beramiz.

Bu pirog xamiriga xamirturush solinmasligiga qaramay, u juda mayin va yumshoq bo’lib pishadi. Go’shtni esa o’z ta’bingizga qarab olishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
xamiriga
350 gramm un
200 gramm margarin
300 millilitr kefir
2 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
asosiga
300 gramm qiyma
300 gramm kartoshka
250 gramm piyoz
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Qabartma va tuz bilan elangan unga margarinni qirg'ichdan chiqaramiz va qo'lda ishqalab qumoq holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kefir solib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyozni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Qiyma, kartoshka va piyozni aralashtirib, zira, tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ikki bo'lakka bo'lamiz. Birinchi bo'lagini 0,3-0,4 sm qalinlikda to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz va uni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Ustidan bir xil qilib, asosini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning ikkinchi bo'lagini ham yoyib,u bilan asos ustini yopamiz, yonlarini esa berkitib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum sarig'ini suritib, sanchqi yordamida bir-ikki joylarini teshib chiqamiz. Ustidan kunjut sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Serves 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
xamiriga
350 gramm un
200 gramm margarin
300 millilitr kefir
2 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
asosiga
300 gramm qiyma
300 gramm kartoshka
250 gramm piyoz
0,5 choy qoshiq zira
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: tovuq oyog’ili somsa
keyingi
Videoretsept: «Shohona vatrushka» pirogi

Fikringiz