Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan olmali shtrudel
Masalliqlar:
-
1 kilo tayyor qatlamali oshirma xamir
-
5 ta yashil olma
-
6 osh qoshiq shakar
-
150-200 gramm tozalangan yong'oq
-
4 osh qoshiq maydalangan suxari
-
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
xamirni yoyish uchun ozroq un
-
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Bunday pishiriq tayyorlashga juda kam vaqt sarflaniladi, ammo tayyor bo’lgan mazali shtrudel, ayniqsa, muzqaymoq bo’lakchasi bilan juda yaxshi yeyiladi.
Aytgancha, biz sovutgichda har doim tayyor xamirlardan olib qo’yamiz, chunki kutilmagan mehmon kelganda juda qo’llab yuboradi.
Katta o’ramli tayyor xamirdan ikkita katta shtrudellar hosil bo’ldi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor qatlamali oshirma xamir | |
5 ta yashil olma | |
6 osh qoshiq shakar | |
150-200 gramm tozalangan yong'oq | |
4 osh qoshiq maydalangan suxari | |
2 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
xamirni yoyish uchun ozroq un | |
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Olmalarni archib, to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Yong'oq, dolchin, shakar va maydalangan suxarilarni aralashtirib olamiz.
Xamirni teng ikkiga bo'lib, bittasini 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Xamirning teng yarmiga yong'oqli aralashmalardan sepamiz, ustidan esa olmalarni solib chiqamiz.
Xamirni ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. Ustini bir nechta joyini pichoqda ozroq kesib qo'yamiz, shunda ajraladigan suvi bug'lanib ketadi.
Masalliqlar:
1 kilo tayyor qatlamali oshirma xamir | |
5 ta yashil olma | |
6 osh qoshiq shakar | |
150-200 gramm tozalangan yong'oq | |
4 osh qoshiq maydalangan suxari | |
2 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
xamirni yoyish uchun ozroq un | |
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i |