fbpx
Videoretsept: Toskancha keks

Videoretsept: Toskancha keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu keksning ustki qismi qarsildoq bo’lib, mag’zi esa juda yumshoq bo’lib pishadi. Nonushtada issiq choy yoki sut bilan iste’mol qilish uchun ajoyib yegulik sanaladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

180 millilitr sut
300 gramm un
200 gramm shakar
100 gramm sariyog'
4 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim vanil
1 dona apelsin po'sti
qolipga surtishga sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum oqini sarig'idan ajratib, sarig'ini o'zini shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan esa sariyog', vanil, yumshagan sariyog' va un bilan qabartmani ham elab solamiz va yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan xona haroratidagi sutni quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Silliq bo'lguniga qadar ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum oqlarini yumshoq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtirib olamiz va xamirga oz-ozdan solib, oshxona lapatkachasi bilan aralashtirib olamiz.

Tavsiya: aralashmaga tuxim oqi solingandan so'ng, bir tomonga qaratib, pastdan tepaga aralashtirib chiqing. Bu xamirning cho'kib qolmasligini ta'minlaydi.

Qadam 6
Tugallandi

Apelsin po'stini qirib solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipni yog'lab, ozroq un sepamiz va xamirni quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgandan so'ng avval sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

180 millilitr sut
300 gramm un
200 gramm shakar
100 gramm sariyog'
4 ta tuxum
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim vanil
1 dona apelsin po'sti
qolipga surtishga sariyog'
oldingi
Armancha kyata
keyingi
Choyxona palov

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.