Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan olmali shtrudel

Videoretsept: Tayyor xamirdan qilingan olmali shtrudel

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday pishiriq tayyorlashga juda kam vaqt sarflaniladi, ammo tayyor bo’lgan mazali shtrudel, ayniqsa, muzqaymoq bo’lakchasi bilan juda yaxshi yeyiladi.

Aytgancha, biz sovutgichda har doim tayyor xamirlardan olib qo’yamiz, chunki kutilmagan mehmon kelganda juda qo’llab yuboradi.

Katta o’ramli tayyor xamirdan ikkita katta shtrudellar hosil bo’ldi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo tayyor qatlamali oshirma xamir
5 ta yashil olma
6 osh qoshiq shakar
150-200 gramm tozalangan yong'oq
4 osh qoshiq maydalangan suxari
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
xamirni yoyish uchun ozroq un
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugllandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Olmalarni archib, to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Yong'oq, dolchin, shakar va maydalangan suxarilarni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni teng ikkiga bo'lib, bittasini 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirning teng yarmiga yong'oqli aralashmalardan sepamiz, ustidan esa olmalarni solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz. Ustini bir nechta joyini pichoqda ozroq kesib qo'yamiz, shunda ajraladigan suvi bug'lanib ketadi.

Qadam 7
Tugllandi

Ustidan tuxum sarig'i va sut aralashmasidan surtib, 190 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Ikkinchi xamirni ham xuddi shunday usulda pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo tayyor qatlamali oshirma xamir
5 ta yashil olma
6 osh qoshiq shakar
150-200 gramm tozalangan yong'oq
4 osh qoshiq maydalangan suxari
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
xamirni yoyish uchun ozroq un
ustiga surtish uchun sut+ tuxum sarig'i
oldingi
Tovuq va qo’ziqorin solingan “sevimli” salati
keyingi
Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma

Fikringiz