fbpx
Videoretsept:shokoladli profitrolilar

Videoretsept:shokoladli profitrolilar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Ushbu shokoladli pirojniylar bayram stolini bezab, shirinlik va shokoladga befarq bo’lmagan isnonlar uchun ajoyib desert bo’la oladi.

Profitrolilar juda mazali va og’izda eriydigan bo’lib pishadi, ularni tayyorlash esa yetarlicha tez va oson.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 23 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
50 gramm sariyog'
100 millilitr suv
0,5 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
60 gramm un
15 gramm kakao kukuni
2 ta tuxum
Krem uchun
250-300 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
80-100 gramm shakar upasi
bezak uchun eritilgan qora shokolad
bezak uchun maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Kastrulya yoki tagi qalin idishga sovuq suv, sariyog', tuz va shakar solamiz. O'rta olovga qo'yib, qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un va kakao kukunini birlashtirib, kastrulyaga qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir birlashmagunicha uni yog'och qoshiq yoki "lopatka" bilan aralashtiramiz. So'ngra idishni olovdan olib, xamirni boshqa idishga solib, bir necha daqiqa davomida sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra xamirga 1 ta tuxum solib, lopatkada yaxshilab aralashtiramiz. Shu tarzda ikkinchi tuxumni ham solib, aralshtiramiz
Shokoladli xamir quyuq va silliq bo'lib, yaraqlab turishi kerak. Qoshiqdan tez emas sekin qalin tasmasimon bo'lib tushishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni maxsus qopchaga solib, qopcha uchiga yulduzchasimon shaklni o'rnatamiz va maxsus qopcha yordamida diametri 1,5-2 santimetr keladigan pirojniylarni qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirojniylarni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa, so'ngra haroratni 160 C darajaga pasaytirib, 12-15 daqiqa pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz. Sovuq qaymoqni chuqur idishda mikser yordamida massa 2-3 martaga ko'paygunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qaymoq ko'payganidan so'ng, unga shakar upasini (80-100 gramm) qo'shamiz va yana 30 soniya aralshtiramiz - shakar upasi miqdorini o'z ta'bingizga ko'ra solsangiz bo'ladi. Tayyor kremni maxsus qopchaga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Sovugan pirojniylar tagi yoki yonidan teshikcha qilib, ichini uzun shaklcha yordamida krem bilan to'ldiramiz.
Agar shaklchangiz bo'lmasa, pirojniyni chig'anoq shaklida ochib, krem bilan to'ldirishingiz mumkin.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bo'lgan pirojniyni eritilgan shokolad va yong'oq bilan bezatamiz.
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida

  • 1 soat 15 daqiqa
  • Portsiya 18
  • O’rtacha
  • 190-160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
50 gramm sariyog'
100 millilitr suv
0,5 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
60 gramm un
15 gramm kakao kukuni
2 ta tuxum
Krem uchun
250-300 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
80-100 gramm shakar upasi
bezak uchun eritilgan qora shokolad
bezak uchun maydalangan yong'oq
oldingi
Tovuq va pishloqli pirog
keyingi
Videoretsept: gaz pechida pishirilgan bakrabaliq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.