Videoretsept: satsebeli qaylasida pishirilgan mol go’shti
Masalliqlar:
-
500-600 gramm mol go'shti lahm
-
100 gramm piyoz
-
150 gramm sabzi
-
100 gramm bulg'or qalampiri
-
300 millilitr "Gestello" satsebeli qaylasi
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
100-150 millilitr suv
Yo’nalishlar
Ushbu retsept uchun har qanday go’shtdan foydalanishingiz mumkin – mol go’shti, qo’y va hatto tovuq go’shti. Ushbu taomning asosiy tarkibi satsebeli qaylasidir, u go’shtni mazali, sersuv va yumshoq qiladi.
Gestollo qaylalari, eng tabiiy ingredientlardan, asl retseptlar bo’yicha tayyorlangan. Ular sizning taomlaringizga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500-600 gramm mol go'shti lahm | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
300 millilitr "Gestello" satsebeli qaylasi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
100-150 millilitr suv |
Go'shtni o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'rab, halqa shaklida to'g'ralgan piyoz solamiz. 150 millilitr satsebeli qaylasini solib, aralashtiramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, kamida 2 soatga, yaxshisi butun tunga muzlatgichga yuboramiz.
So'ngra qozonda yog'ni qizdirib, marinadlangan go'shtni piyoz bilan qizargunicha qovurib olamiz.
So'ngra to'rtburchak shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampiri, somoncha shaklida to'g'ralgan sabzi va qolgan qaylani solamiz. Aralashtirib, 1-2 daqiqa qovurib, so'ngra suv solamiz.
Go'shtni sabzavotlar bilan qozon qopqog'ini yopgan holda o'rtacha olovda 1-2 soat go'sht yumshoq bo'lgunicha pishiramiz.
Tayyor go'shtni istalgan garnir bilan dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Brend sahifasiga obuna bo'ling va yangiliklarni birinchilardan bo'lib qabul qiling: gestollouz
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
500-600 gramm mol go'shti lahm | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
100 gramm bulg'or qalampiri | |
300 millilitr "Gestello" satsebeli qaylasi | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
100-150 millilitr suv |