fbpx
Videoretsept: sabzavotli «Pikantniy» salat

Videoretsept: sabzavotli «Pikantniy» salat

Masalliqlar:

  • Zapravka uchun

Yo’nalishlar

Oson tayyorlanadigan, hamyonbop masalliqlardan iborat, biroz achchiq, yengil va mazali salat. 

Uni ham bayram dasturxoni uchun, ham tushlik dasturxoni uchun tayyorlash mumkin – barcha lazzatidan hayratda qoladi.  Bu salat qarsillagan, mazali bo’lib, xatto ifori ham ishtaha ochadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm karam
150 gramm qizil boshli karam
2 ta o'rtacha sabzi
150 gramm konservalangan makkajo'xori
200 gramm marinadlangan bodring
Zapravka uchun
200 gramm smetana
2 osh qoshiq xantal
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

2 xil karam va marinadlangan bodringni somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzini katta qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishga to’g’ralgan karamlarni qo’l bilan biroz ezamiz. Qolgan sabzavotlarni qo’shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Boshqa idishda smetana, xantal, maydalangan sarimsoqpiyoz, tuz va murchni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzavotlar ustiga bu aralashmani quyib, yaxshilab aralashtiramiz va barcha masalliqlar bir0biri bilan uyg’unlik yaratishi uchun 5-10 daqiqaga qoldiramiz. Bundan so’ng salatni dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm karam
150 gramm qizil boshli karam
2 ta o'rtacha sabzi
150 gramm konservalangan makkajo'xori
200 gramm marinadlangan bodring
Zapravka uchun
200 gramm smetana
2 osh qoshiq xantal
2-3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: pomidor-qaymoqli qaylalik pasta
keyingi
Videoretsept: sinnabon-pankeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.