fbpx
Videoretsept: qatlama xamirdan tvorogli rogaliklar

Videoretsept: qatlama xamirdan tvorogli rogaliklar

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • nachinka uchun

Yo’nalishlar

Bugun biz sizga juda shirin va yumshoq bo’lib chiqadigan, tvorogli nachinkaga ega nozik rogaliklarni qanday tayyorlashni ko’rsatamiz.

Bizning batafsil video tufayli siz ularni oilangiz uchun tayyorlashingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
400 millilitr sut
2 ta tuxum
70 millilitr o'simlik yog'i
600-650 gramm un
100 gramm shakar
5 gramm quruq xamirturush
200 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
nachinka uchun
150-200 gramm tvorog
40 gramm shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Opara hosil qilib olamiz. Iliq sutga shakar va xamirturush solib, aralashtiramiz va 15 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra hosil bo'lgan oparaga tuxum, o'simlik yog'i solib, aralashtiramiz.

Oz-ozdan un solib (ko'proq yoki kamroq un ketishi mumkin), yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 1 soatga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni un sepilgan stolga qo'yib, 8 ga bo'lamiz va dumaloqlaymiz. Ustini sochiq bilan yopib, xona haroratida 5-10 daqiqa qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Tvorog va shakarni aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini 0,5 sm qalinlikda yoyib, eritilgan margarin surtamiz va ustiga ikkinchi xamir bo'lagini qo'yamiz. Ikkinchi xamir ustini yog'lamaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib, 16 ga bo'lamiz. Xamirning qalin joyiga 1 osh qoshiq nachinka solib, rogalik shaklida o'raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Rogaliklarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum sarig'ini surtamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
400 millilitr sut
2 ta tuxum
70 millilitr o'simlik yog'i
600-650 gramm un
100 gramm shakar
5 gramm quruq xamirturush
200 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
nachinka uchun
150-200 gramm tvorog
40 gramm shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan olchali bulochkalar
keyingi
Videoeretsept: rezavor mevali nachinkaga ega savatchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.