fbpx
Videoretsept: Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar

Videoretsept: Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq filesi va tvorogli pishloqdan tayyorlanilgan mana bunday ruletlar umuman o’zgacha va noodatiy ta’mni kasb etadi.

Bunday taomga qo’shimcha sifatida esa xohlagan garnirdan tayyorlashingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

2 ta tovuq filesi
1 ta limon
2 osh qoshiq soya qaylasi
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1/4 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq asal
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1/2 bog' shivit yoki kashnich
200 gramm tvorogli pishloq
1 ta qizil sabzi
3-4 ta yashil rayhon yaproqchalari
ta'bga qarab tuz va murch
50 gramm quritilgan pomidor
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini ko'ndalangiga kesib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Marinadini tayyorlab olamiz: idishga bitta limon sharbati, soya qaylasi, asal, tuz, ziravorlar va zaytun yog'ini solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Maydalangan sarimsoqpiyozni solib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq filesini qolipga solamiz, ustidan marinad quyib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ruletlarning asosini tayyorlab olamiz. Buning uhcun tvorogli pishloqqa maydalangan ko'katlardan solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Filelarning ustidan tvorogli pishloqni surtib chiqamiz. Bir bo'lakdan quritilgan pomidordan solib, ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipga solib, ustidan qolgan marinadni ham quyamiz. Sabzini bo'laklarga bo'lib, tovuq go'shti ustidan sepamiz. Bir nechta rayhon yaproqchalaridan ham solamiz. 190 C darajada qizigan pechda 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xohishga qarab sevimli garnirlarimiz bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tovuq filesi
1 ta limon
2 osh qoshiq soya qaylasi
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1/4 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq asal
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1/2 bog' shivit yoki kashnich
200 gramm tvorogli pishloq
1 ta qizil sabzi
3-4 ta yashil rayhon yaproqchalari
ta'bga qarab tuz va murch
50 gramm quritilgan pomidor
oldingi
Limon bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
keyingi
Shaftoli va malinali smuzi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.