fbpx
Videoretsept: «Moskvacha» plyushkalar

Videoretsept: «Moskvacha» plyushkalar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun biz sizga kata-yu kichikka birdek yoqadigan xamirturushli mazali va ishtahaochar bulochkalar retseptini taqdim etamiz.

Bolalalikdan bizga tanish bo’lgan oshirma bulochkalar – yurakcha shakli va ustiga sepilgan shakar tufayli boshqalaridan ajralib turadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
450 gramm un
100 millilitr iliq sut
100 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
70 gramm shakar +30 gramm ustiga sepish uchun
3 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
60 gramm sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum ustiga surtish uchun
asal
Qadam 1
Tugallandi

Idishda suv, sut va 1 choy qoshiq shakarni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum sarig'iga shakar, vanil shakari, tuz va eritilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumli massani sutli massa bilan aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirturushni unga aralashtirib, oz-ozdan suyuq massaga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni dumaloqlab, yog'langan idishga solamiz. Ustini sochiq bilan yopib, issiq joyga 1-1,5 soatga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni 12 ga bo'lib, har bir bo'lakni yupqa qilib yoyamiz. Ustiga asal surtib, shakar sepamiz va o'raymiz. Ikki uchini mahkamlab, o'rtasidan kesamiz va ochamiz - yurakcha hosil bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Plyushkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustiga tuxum va 1 osh qoshiq sutli aralashmani surtib, shakar sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

reklama huquqi asosida

  • 3 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
450 gramm un
100 millilitr iliq sut
100 millilitr iliq suv
7 gramm quruq xamirturush
70 gramm shakar +30 gramm ustiga sepish uchun
3 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
60 gramm sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
1 ta tuxum ustiga surtish uchun
asal
oldingi
Videoretsept: limonli kurdga ega merengali rulet
keyingi
Videoretsept: «Baunti» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.