fbpx
Videoretsept: «Kinder» sutli bo’lakchasi

Videoretsept: «Kinder» sutli bo’lakchasi

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Oila a’zolaringiz, ayniqsa kichkintoylarni biror bir mazali yegulik bilan siylashni istasangiz, uni o’sha mashhur «kinder» sutli bo’lakchalardan tayyorlab bering.

Mazali va original ko’rinishga ega, shokoladli biskvit va mazali sufledan iborat bo’lgan shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvitiga:
4 ta tuxum
1.5 choy qoshiq suyuq asal
70 gramm shakar
1 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq suv
25 gramm kakao
45 gramm un
Asosiga:
180 gramm quyultirilgan sut
10 gramm jelatin
60 millilitr ivitish uchun suv
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi tuxumlarni oqini sarig'idan ajratib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini yumshoq ko'pik hosil bo'lguniga qadar ko'pirtirib olamiz, so'ng 35 gramm shakardan solib, mikser quvvatini ko'paytiramiz va qattiq shu bilan birga yaltiroq ko'pik hosil bo'lguncha yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Ko'piritirilgan tuxum oqini chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum sarig'i ustidan qolgan shakar, suv, asal, vanilinni solamiz va 5-6 daqiqa tinmasdan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'pirtirilgan tuxum sarig'ini oqining ustidan solib, oshxona "lopatkasi" yordamida pastdan tepaga qaratib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidan un va kakaoni elab solamiz va tezda, shu bilan birga ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shab ustidan xamirni solamiz va ustini tekislab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180-190 C darajada oldindan qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sufleni tayyorlab olamiz

Jelatinni 5-10 daqiqa suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

60 gramm qaymoqni gazga qo'yib, qizdirib olamiz (lekin qaynatmaymiz). Ustidan bo'ktirilgan jelatinni solib, to'liq erigunga qadar aralashtirib olamiz. Agar jelatin to'liq erimasa, unda yana gazga qo'yib, biroz qizdiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qaymoqli aralashmaga quyultirilgan sutni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qolgan 290 gramm qaymoqni yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Qaymoqni jelatinli aralashma ustidan solib, mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Natijada yengil mussimon ko'rinishdagi aralashma hosil bo'ladi.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor mussni 5 daqiqa (undan ko'p emas) biroz quyuqlashishi uchun sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Sovigan biskvitni chetlarini kesib, tekislab olamiz va o'zini teng ikki qismga bo'lamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Biskvitning bir bo'lagiga ayamasdan mussdan solamiz va tekislab chiqamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Ustidan ikkinchi biskvitni qo'yamiz va biroz ustidan bosamiz. Oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, bir necha soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Sufle biskvitga yaxshilab yopishishi uchun masalan, ustidan taxtakach qo'yamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Muss yaxshilab qotgandan so'nggina uni olib, kichik bo'lakchalarga kesib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvitiga:
4 ta tuxum
1.5 choy qoshiq suyuq asal
70 gramm shakar
1 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq suv
25 gramm kakao
45 gramm un
Asosiga:
180 gramm quyultirilgan sut
10 gramm jelatin
60 millilitr ivitish uchun suv
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Glyutensiz parhezbop biskottilar
keyingi
Kanapchali gazaklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.