fbpx
Videoretsept: keyk-popslar

Videoretsept: keyk-popslar

Masalliqlar:

  • biskvit uchun

  • kremiga

  • glazuriga

Yo’nalishlar

Yorqin, yuqori kayfiyat baxsh etuvchi va juda mazali keyk-popslar – nafaqat bolalar bayramlari  uchun, balki qo’lda yasalgan asl sovg’a sifatida taqdim etish uchun ham juda yaxshi g’oyadir.

Keyk-pops – shokoladli glazur bilan qoplangan, tayoqchaga tiqilgan biskvitli koptokchalar bo’lib, bunday ajoyib desertni tanavvul qilish hech kimga qiyinchilik tug’dirmaydi. Ularni hatto yo’lda ham iste’mol qilish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
kremiga
300 gramm quyultirilgan sut
150 gramm yumshatilgan sariyog'
glazuriga
300 gramm oq shokolad sutli shokolad ham bo'laveradi
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra sepish uchun bezaklar
Qadam 1
Tugallandi

Biskvit tayyorlaymiz:

Barcha mahsulotlar xona haroratida bo'lishi kerak.

Chuqur idishda mikser yordamida 4 ta tuxumni ko'pirtiramiz. Ko'pirtirish jarayoni kamida 5 daqiqa davom etishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra ko'pirtirishni to'xtatmasdan shakarni 3 ta urunishda solamiz. Shakar yaxshilab erishi uchun har bir urunishdan so'ng 1 daqiqa ko'pirtirib, so'ngra keyingisini solish kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Hamma shakarni solib bo'lgandan so'ng, yana 5 daqiqa ko'pirtiramiz. Massa yaxshigina ko'payib, o'z shaklini ushlashi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga un va qabartmani elakdan o'tkazamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ko'pirtirilgan tuxumli aralashmaga un va qabartmani solib, silikon lopatada ehtiyotkorlik bilan ko'pirtirilgan tuxumni shaklini saqlab qolgan holda aralashtiramiz. Natijada xamir quyuq bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra xamirga yog' va qaynoq suvni quyamiz. Barchasini tez va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. Xamirda qumoqlar bo'lishi kerak emas.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni oldindan tayyorlab qo'yilgan 20 sm diametli qolipga quyamiz (qolip tagiga pergament qog'ozini qo'yamiz. qolip chetlarini yog'lash shart emas).

Qadam 8
Tugallandi

Biskvitni 175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor biskvitni ozroq sovutib, qolipdan olamiz va butunlay sovushi uchun chetga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovugan biskvitni qo'lda yoki kombayn yordamida ushoq shaklida maydalab olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Xona haroratidagi sariyog'ni yaxshilab ko'pirtiramiz. Oz-ozdan quyultirilgan sut quyib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Biskvit uvog'iga tahminan 1 osh qoshiqdan krem solib, aralashtiramiz. Massa yopishqoq, ammo zich bo'lishi, undan kichik koptokchalar yasasa bo'lishi kerak. Uning uchun kremning hammasi ham ketmasligi mumkin, shuning uchun kremni oz-ozdan yetarlicha solish kerak.

Qadam 13
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralshmadan katta yong'oqchalar yasaymiz.

Qadam 14
Tugallandi

Yong'oqchalarni patnis yoki idishga joylashtiramiz. Taxta tayoqchalar yordamida koptokchalarda chuqurcha hosil qilamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Ozroq shokolad eritib, tayoqchalar uchini shokoladga botiramiz va koptokchalardagi chuqurchalarga tiqib chiqamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Koptokchalarni 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 17
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Suvli hammomda shokoladni eritamiz, uzoq vaqt eritishning hojati yo'q (shokoladning yarimi erishi bilan uni gazdan olib, qolgan yarimi ham erishi uchun yaxshilab aralashtiramiz). Aralashma harorati 45 C darajadan oshishi kerak emas.

Barcha shokolad erishi bilanoq, o'simlik yog'ini quyamiz ( kokos moyini solgan yaxshiroq, ammo o'simlik yog'i ham bo'laveradi). Glazurga ta'bga ko'ra bo'yoq solish mumkin.

Qadam 18
Tugallandi

Glazurni uzunchoq idishga, stakanga quyamiz. Shunda keyk-popslarga glazur suritish osonroq va tejamliroq bo'ladi.

Qadam 19
Tugallandi

Barcha keyk-popslarni glazurga botirib, ustiga bezaklarni sepamiz va uzunasiga (guruch yoki shunga o'xshash narsa bilan to'ldirilgan stakanga) turg'izib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 18
  • O’rtacha
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
kremiga
300 gramm quyultirilgan sut
150 gramm yumshatilgan sariyog'
glazuriga
300 gramm oq shokolad sutli shokolad ham bo'laveradi
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra sepish uchun bezaklar
oldingi
Mevali kompot
keyingi
Oshirma xamirdan olcha va o’rikli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.