fbpx
Videoretsept: Kartoshkali qovurilgan pirojkalar

Videoretsept: Kartoshkali qovurilgan pirojkalar

Masalliqlar:

  • Oparasiga:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Qovurish uchun:

Yo’nalishlar

Uyda pishirilgan pirojkalar ko’pchilikning eng sevimli pishiriqlaridan biri desak adashmaymiz. Ularning qiymasini har xil masalliqlardan tayyorlash mumkin bo’lib, masalan, karamli, qo’ziqorinli, qiymali va hokazo.

Bunday usulda pishirilgan pirojkalar juda yumshoq va nihoyatda mazali bo’lib pishadi. Quyidagi masalliqlardan taxminan 16-18 dona pirojkalar hosil bo’ladi.

Tavsiya: pirojkalarni iloji bo’lsa makkajo’xori yog’ida qovurish lozim, chunki bunday yog’ qiziganda ham tutab ketmaydi, ko’pirmaydi va pirojkalarga ajoyib rang beradi.

Pishgan pirojkalarni qozonga solib, biroz qopqog’ini yopib qo’ysak ular yanada yumshab qoladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Oparasiga:
50 millilitr iliq suv
6-7 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
Xamiriga:
250 millilitr iliq sut
2 ta tuxum sarig'i
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
450-500 gramm un
2 osh qoshiq "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
Asosiga:
600 gramm kartoshkali pyure
1 bosh piyoz
bir necha shoxcha xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab qora murch
Qovurish uchun:
300 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Oparasini tayyorlab olamiz:

Stakanga 50 millilitr iliq, ammo issiq bo'lmagan suvni quyamiz. Xamirturush va shakarni solib, aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir qoramiz:

Tog'orachaga unni solamiz. O'rtasini chuqurcha qilib, sut, shakar, tuz, opara va tuxum sarig'ini solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oz-ozdan un solib, yopishqoq xamir qorib olamiz. Ustini yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

15 daqiqadan so'ng o'simlik yog'ini solib, 10 daqiqa xamirni yaxshilab mushtlaymiz. So'ng ustini yopib, 40-50 daqiqa iliq joyga qo'yib turamiz. Bunda xamir ikki-uch hissaga ko'tariladi.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Kartoshkali pyurega qovurilgan piyoz, to'g'ralgan ko'katlarni solamiz, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Stol ustini yog'laymiz (ammo un sepish tavsiya qilinmaydi), xamirni qo'yib, mushtlaymiz va taxminan 16-18 ta teng bo'laklarga bo'lamiz.

Xamir bo'laklaridan silliq aylana shaklchalar yasaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir bo'laklarini qo'lda 0.3 sm qalinlikda yoyib olamiz. O'rtasiga asosdan solib chiqamiz va tugib chiqamiz. Chokli tomonini pastga qaratib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tova yoki qozonga yog' quyamiz. Bunda yog' pirojkalarning yarmini qoplashi kerak. Yog'ni qizdirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pirojkalarni qizib turgan yog'ga solib, har bir tomonini 3-4 daqiqadan qovurib olamiz. Bunda olov o'rtacha bo'lishi, baland bo'lmasligi lozim. Aks holda pirojkalarning usti pishib, ichi xom qolishi mumkin.

Pishgan pirojkalarni qog'oz sochiq ustidan terib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy kanal: goldencorn_uz

Facebookdagi rasmiy kanal: Golden Corn

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Oparasiga:
50 millilitr iliq suv
6-7 gramm quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
Xamiriga:
250 millilitr iliq sut
2 ta tuxum sarig'i
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
450-500 gramm un
2 osh qoshiq "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
Asosiga:
600 gramm kartoshkali pyure
1 bosh piyoz
bir necha shoxcha xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab qora murch
Qovurish uchun:
300 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
oldingi
Karamelli muss
keyingi
Kefir solib pishirilgan oddiy keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.