fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart
Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart

Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart

Masalliqlar:

  • Nachinka uchun

  • Asos uchun

  • Qizartirish uchun

Yo’nalishlar

Karamellangan piyoz va qo’ziqorinli oson va yengil tartning tayyorlanish usuli. Bunday tart ham bayram dasturxonini bezatadi, ham oilaviy tushlik uchun to’g’ri keladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Nachinka uchun
400 gramm shampinyon
2 ta katta piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
10 gramm sariyog'
2 osh qoshiq balzam sirkasi
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Asos uchun
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
20 gramm parmezan pishlog'i
1 bog' maydalangan petrushka
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Qadam 1
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Piyozni yarimhalqa shaklida to’g’raymiz. Qo’ziqorinni yupqa parraklarga to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog’ quyib, piyozni tinmay aralashtirib o’rtacha olovda 15-20 daqiqa davomida qizartirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bir chimdim tuz, murch va shakar qo’shamiz. Aralashtirib, yana 1-2 daqiqa davomida qovuramiz va boshqa idishga olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yana o’simlik yog’i quyib, tovada qo’ziqorinlarni 10 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qo’ziqorinlar qizarishni boshlaganda, sariyog’, ziravorlar, balzamik sirka qo’shib, glazur pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qatlama xamirni yoyib, chetlarini biroz kesamiz. Sanchqi yordamida xamir o’rtalarini sanchib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yoyilgan xamirni pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Karamellangan piyoz, ustiga qo’ziqorinlar va tepasiga qirg’ichdan chiqarilgan parmezan sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir chetlariga tuxum surtamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tartni 200C gacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor tartni maydalangan petrushka bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Nachinka uchun
400 gramm shampinyon
2 ta katta piyoz
30 millilitr o'simlik yog'i
10 gramm sariyog'
2 osh qoshiq balzam sirkasi
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Asos uchun
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
20 gramm parmezan pishlog'i
1 bog' maydalangan petrushka
Qizartirish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
oldingi
Videoretsept: jigarli nachinkali kartoplyaniklar
keyingi
Videoretsept: qaymoqli qayla ostida tovuq va sabzavotlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.