fbpx
Videoretsept: «G’oz oyoqlari» pechenyesi

Videoretsept: «G’oz oyoqlari» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Juda mazali, qarsildoq, og’izda eriydigan pechenye! Tvorogdan tayyorlangan pishiriqlar yumshoq, qolaversa foydali bo’ladi.

Bunday pechenye oqsil va kalsiyning konidir. Nonushta uchun ayni muddao. Ayniqsa bir finjon issiq sut bilan zo’r ketadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 13 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
100 gramm Maselkodan "Украинский" margarini
200 gramm tvorog
100 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Idishga un, vanil shakari, tuz va qabartma solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra sovuq margarinni qirg'ichdan o'tkazamiz va qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra tvorog solib, xamir qoramiz. Agar xamir juda nam bo'lsa, ozroq un solish mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni peketga o'rab, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Stolga un sepib, xamirni 0,4 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

8-9 sm diametrga ega qolipchalar yordamida dumaloq shakllar kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir dumaloqlarning bir tarafini shakarga burkab, shakarini ichiga qilib, ikki buklaymiz. Yarim dumaloqni yana shakarga burkab, yana ikki buklaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, sanchqi yordamida videoda ko'rsatilganidek naqsh qoldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 50 daqiqa
  • Portsiya 20
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
100 gramm Maselkodan "Украинский" margarini
200 gramm tvorog
100 gramm shakar
oldingi
Ismaloq va qo’ziqorinli sho’rva
keyingi
Tvorogli krendellar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.