fbpx
Videoretsept: dangasa chuchvaralar

Videoretsept: dangasa chuchvaralar

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • asosiga

  • vajusiga

Yo’nalishlar

Dangasa chuchvaralar oddiy chuchvaradan kam emas, hamda oddiysidan ikki baravar tez tayyor bo’ladi.

Siz va yaqinlaringiz uchun oddiy va to’yimli tushlik!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
300 gramm un
150 gramm iliq suv
5 gramm tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
asosiga
250 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
vajusiga
150 gramm piyoz
200 gramm sabzi
2 choy qoshiq pomidor pastasi
300 gramm kartoshka
2 ta har xil rangli bulg'or qalampiri
1,5-2 litr suv
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
bezak uchun istalgan ko'katlar
30 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Vajusini tayyorlaymiz:

Barcha sabzavotlarni yuvib, o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonda yog'ni qizdrib, piyozni solib, yumshagunicha qovuramiz. Sabzi solib, yana 2-3 daqiqa qovuramiz. Pomidor pastasini solib, 2-3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kartoshka solib, aralashtiramiz va 2 daqiqa qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bulg'or qalampirini solib, ziravorlar sepamiz. Aralashtirib, yana 3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suv solib, qaynab chiqqanidan so'ng, olovini pasaytiramiz va pishgunicha pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Un va sho'r suvdan xamir qoramiz. Ustiga sochiq yopib, 25 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Idishda qiyma va maydalangan piyozni aralashtiramiz. Ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamiri 2-3 mm qalinlikda yoyamiz. Ustiga o'simlik yog'ini surtamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir chetiga asos yarimini uzun qilib qo'yib chiqamiz va xamirni ikki marta o'rab, kesamiz.

Xosil bo'lgan qiymali xamirni chetidan boshlab, 2 ga 2 sm keladigan to'rtburchak shakillarga kesib chiqamiz. Qolgan xamirni ham shu tarzda o'rab kesib chiqamiz (videoni ko'ring).

Qadam 10
Tugallandi

Qiymali to'rtburchaklarni qaynab turgan sabzavotli bulyonga solib, ko'katlar sepamiz.

Chuchvaralarni 8-10 daqiqa qaynatib, so'ngra dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
300 gramm un
150 gramm iliq suv
5 gramm tuz
30 millilitr o'simlik yog'i
asosiga
250 gramm mol go'shtidan qiyma
150 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
vajusiga
150 gramm piyoz
200 gramm sabzi
2 choy qoshiq pomidor pastasi
300 gramm kartoshka
2 ta har xil rangli bulg'or qalampiri
1,5-2 litr suv
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
bezak uchun istalgan ko'katlar
30 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Karamelli rulet
keyingi
Batafsil fotoretsept: limonli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.