fbpx
Tvorogli koptokchalar

Tvorogli koptokchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga tvorogdan juda mazali pishiriq tayyorlashni ko’rsatib beramiz. Iste’mol qilishga juda qulay bo’lgan bu koptokchalarni turli xil usulda bezatishimiz mumkin.

Bolajonlaringiz tvorogni yoqtirishmasa, albatta ana shunday pishirig’imizdan tayyorlab bering!

Masalliqlar:

500 gramm tvorog
3 ta tuxum
100 gramm shakar
300 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxum va shakarni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan tuz, vanil va tvorogni solamiz, silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan qabartmani aralashtiramiz va tvorogli massaga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qoshiq bilan xamirni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Stolga un sepamiz va xamirimizni qo'yib undan koptokchalar yasab olamiz.

Koptokchalar katta-kichikligini o'zingiz aniqlab oling, ular qanchalik katta bo'lsa, shuncha uzoqroq qovurib olishga to'g'ri keladi.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga yog'ni ayamay solamiz va qizdiramiz.

Ana shu yog'da tvorogli koptokchalarimizni qizartirib pishirib olamiz.

Qovurish jarayonida ular shishishni boshlab, kattalashadi.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan pishiriqlarimizni qog'oz sochiq ustiga tersak, ortiqcha yog'idan qutulamiz.

Xohishga qarab ularnga shakar upasi seping, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tvorog
3 ta tuxum
100 gramm shakar
300 gramm un
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Lavashdan tayyorlangan vap-rulet
keyingi
Hyatt Regency mehmonxonasidan retsept: Qozon kabob

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.