Smetannik
Masalliqlar:
-
Korjiga:
-
200 gramm un
-
100 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
2 osh qoshiq shakar
-
bir chimdim vanilin
-
1 dona tuxum
-
Asosiga:
-
4 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
600 gramm smetana
Yo’nalishlar
Smetannik – nafis va juda mazali ta’mli pirog bo’lib, ko’pchilik uni bolaligida ko’p iste’mol qilgan bo’lsa kerak. Bunday pirogga kerakli masalliqlar juda oddiy bo’lsa ham ta’mi juda ajoyibdir.
Smetannik ta’m jihatidan chizkeykga o’xshab ketadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Korjiga: |
|
200 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
2 osh qoshiq shakar | |
bir chimdim vanilin | |
1 dona tuxum | |
Asosiga: |
|
4 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
600 gramm smetana |
Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, un ustidan solamiz. Qo'lda kukunsimon holatga kirgunicha yaxshilab aralashtiramiz. Ustidan shakar, vanilin va qabartmani ham solamiz.
Ustidan tuxumni chaqib solamiz va xamir qorib olamiz. Xamirni 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, aylanasi 22 sm bo'lgan qolipga yoyib chiqamiz. Xamirning chetlarini esa "bortik" qilib chiqamiz.
Asosi uchun esa tuxumlarni shakar bilan birga ko'pirtirib olamiz. UStidan smetanani ham solib aralashtiramiz. So'ng aralashmamizni qolipdagi xamir ustidan quyamiz. 160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.