fbpx
Shokoladli «Pavlova»

Shokoladli «Pavlova»

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Rossiyalik balerina Anna Pavlova sharafiga atab pishiriladigan va shu nom bilan ataladigan shirinlik ko’pchilikka tanish bo’lsa kerak. Bunday pishiriqning osonroq varianti ham mavjud bo’lib, bugun sizlarga aynan shu usulni taklif qilamiz.

Quyidagi masalliqlardan aylanasi 20 sm li 1 qavatli tort hosil bo’ladi.

Masalliqlar:

4 ta tuxum oqi
200 gramm shakar
1,5 osh qoshiq kakao kukuni
50 gramm qora shokolad
¾ qoshiq oq vino sirkasi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
Kremiga:
200 millilitr yog'li qaymoq
2 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
bezatish uchun shokolad va rezavor mevalar
Qadam 1
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz, oz-ozdan shakar qo'shamiz va yna ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum oqi ustidan kakao, kraxmal va sirkani solamiz.

Ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. So'ng eritilgan shokoladni ham solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmani pergament qog'oz to'shalgan qolipga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

120 C darajada qizdirilgan gaz pechida 90-100 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Muzdek qaymoqni shakarupasi va vanil ekstrakti bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan xamirlarimizni sovutamiz va ustini hosil bo'lgan krem bilan bezatamiz.

Ustidan eritilgan shokolad va rezavor mevalar bilan ham bezatib, ko'rk bag'ishlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Shirinligimizni tortishdan oldin 1 soat sovutgichga qo'yib olamiz. So'ng esa olib, mazali ta'midan bahramand bo'lamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tuxum oqi
200 gramm shakar
1,5 osh qoshiq kakao kukuni
50 gramm qora shokolad
¾ qoshiq oq vino sirkasi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
Kremiga:
200 millilitr yog'li qaymoq
2 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
bezatish uchun shokolad va rezavor mevalar
oldingi
Videoretsept: Tuxumli bifshteks
keyingi
Uyda tayyorlanilgan Ice tea

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.