Olxo’ri solingan tvorogli galeta

Olxo’ri solingan tvorogli galeta

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Olxo’ri solib pishirilgan galetalar xamiri tvorogdan qorilishi sabab ham juda mayin ta’mda chiqadi. Bunday pishiriqlar dasturxonga ham o’zgacha ko’rk beradi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

 

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm tvorog
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm un
2 ta tuxum
yarim choy qoshiq tuz
Asosiga:
500 gramm olxo'ri
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 gramm shakar
Qadam 1
Tugllandi

Tog'oraga tvorog, yumshagan sariyog', tuxum, tuz va unni solamuz.

Qo'lga yopishagan yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni aylana shaklga keltirib, oziq-ovqat pelyonkasiga o'raymiz va 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamir tinguniga qadar olxo'rilarni danagidan tozalab, to'rtga bo'lib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni sovutgichdan olib, teng 6 ta bo'lakka bo'lamiz.

Stolga un sepib, xamirlarni 3 mm yupqalikda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ustidan kraxmal sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Olxo'rilarni terib, ustidan 1 choy qoshiqdan shakar sepamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni chetlarini o'rtaga qilib, buklab chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan gaz patnisiga terib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm tvorog
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm un
2 ta tuxum
yarim choy qoshiq tuz
Asosiga:
500 gramm olxo'ri
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 gramm shakar
oldingi
Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda shokoladli pudding tayyorlash
keyingi
Qizil lavlagili xumus

Fikringiz