fbpx
Sabzavotli somsa

Sabzavotli somsa

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Somsani asosi faqatgina go’shtli bo’lishi kerak deb kim aytdi? Bizlarda sabzavotli somsaning ajoyib varianti mavjud.

Qarsildoq qatlamali xamiri va sersuv asosi. Sizga ushbu retsept yoqishi aniq, chunki u juda oson.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
240 gramm iliq suv
0,5 osh qoshiq tuz
1 ta tuxum
100 gramm margarin
asosiga
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
200 gramm kartoshka
200 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz:

Elangan unga tuzli suv va tuxum solib, xamir qoramiz.

Xamirni paket tagida 20-25 daqiqa tindiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni 3-4 mm qalinlikda yoyib, ustiga eritilgan margarinni suritamiz va rulet shaklida o'raymiz.

Yopishqoq plyonkaga o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz:

Po'stidan tozalangan sabzavotlarni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Ziravorlar sepib, o'simlik yog'ini quyamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, har biri 60 gramm keladigan bo'lakchalarga kesib olamiz.

Har bir bo'lakni qalinligi 3 mm keladigan doira shaklida yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yoyilgan doirachalarning o'rtasiga asosini qo'yib, istalgan shaklda tugib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Somsalarga tuxum suritib, kunjut sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Somsalarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
500 gramm un
240 gramm iliq suv
0,5 osh qoshiq tuz
1 ta tuxum
100 gramm margarin
asosiga
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
200 gramm kartoshka
200 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra zira va kashnich
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Mini pankeyklar
keyingi
Kichik superqahramon uchun nonushta. Uchta retsept

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.