fbpx
Quyiltirilgan sutga ega tez tayyor bo’ladigan pirojniylar

Quyiltirilgan sutga ega tez tayyor bo’ladigan pirojniylar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun biz sizga to’satdan shirinlik istab qolganingizda tez tayyorlasa bo’ladigan oddiy, ammo g’ayrioddiy pirojniy retseptini taqdim etamiz.

Bunday pirojniy juda mazali va yumshoq bo’lib chiqadi. Ushbu shirinlik sizning nonushtaingizni mukammal darajada xilma-xil qiladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tuxum
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
145 gramm un
100 gramm quyultirilgan sut
50 gramm istalgan shokolad
ustiga sepish uchun maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tuxum va shakarni blender yordamida ko'pirtiramiz (massa oqarishi kerak).

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra bir chimdim tuz, vanil shakari, qabartma solib, yana 1 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga un solib, yaxshilab ko'pirtiramiz. So'ngra o'simlik yog'i solib, yana 1 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovani yog'lab, qizdiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qizigan tovaga 0,5 osh qoshiqdan xamir solib, o'rtachadan pastroq olovda ikki taraflama qizartirib, qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovugan pirojniylarga quyultirilgan sut surtib, iktasini birlashtiramiz. Yonlariga ham quyultirilgan sut surtib, maydalangan yong'oqqa burkab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustini eritilgan shokolad bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 14
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tuxum
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
145 gramm un
100 gramm quyultirilgan sut
50 gramm istalgan shokolad
ustiga sepish uchun maydalangan yong'oq
oldingi
Frikadelka va mayda makaronli sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.