Qovoqcha va tovuqli teftellardan kabob
Masalliqlar:
-
400 gramm qovoqcha
-
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
-
100 gramm piyoz
-
50 gramm istalgan pishloq
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 osh qoshiq smetana
-
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Qovoqcha va tovuqdan tayyorlangan ushbu kabobchalar juda mayin, sersuv va mazali bo’lib pishadi.
Taomning tayyorlanish jarayoni ko’p vaqtni talab etmaydi, mazasi esa sizga yoqishi aniq.
Eslatma: kaboblar gaz pechida pishirilgani sababli parhez tutayotganlar uchun ham to’g’ri keladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm qovoqcha | |
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
100 gramm piyoz | |
50 gramm istalgan pishloq | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq smetana | |
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Tovuq go'shtili qiymaga qirg'ichdan chiqarilgan piyoz, mayda to'g'ralgan ko'kat va sarimsoqpiyozni solamiz.
Qiymaga tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Qovoqchani qalinligi 1-1,5 sm keladigan doiracha shaklida to'g'raymiz.
Qo'lni namlab, qiymadan teftelchalar yasaymiz.
Teftellar soni doiracha shaklidagi qovoqchalarga teng bo'lishi kerak.
Taxta tayoqchalarga qovoqcha bo'laklari va teftellarni navbatma-navbat tiqib chiqamiz.
Tayyor bo'lgan kaboblarni idishga teramiz.
Kaboblarga smetana surtib, pishloq sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
400 gramm qovoqcha | |
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma | |
100 gramm piyoz | |
50 gramm istalgan pishloq | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq smetana | |
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |