fbpx
Qizil sabzidan ajoyib pirog

Qizil sabzidan ajoyib pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qizil sabzidan mazali, shirin pirog tayyorlab ko’rganmisiz? Balki, ilk marotaba g’alatiroq eshitilar, lekin bunday ajoyib ta’mdan hali ta’tib ko’rmagansiz. Biz bilan birga tayyorlab ko’ring, hech ham pushaymon qilmaysiz!

Bu pirog nafaqat mazali, balki qizil sabzi qo’shilganligi sabab ham juda foydali hisoblanadi.

Masalliqlar:

400 gramm qizil sabzi
250 gramm un
200 gramm shakar
250 gramm yumshatilgan sariyog'
60 gramm eritilgan sariyog'
4 ta tuxum
200 gramm qaymoqli pishloq
60 gramm shakar upasi
3 choy qoshiq vanil ekstrakti
1 cho qoshiq dolchin
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
surtish uchun muzdek sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C ga yoqib qo'yamiz. Sabzini po'stini archib, qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshagan sariyog' va shakarni ko'pirtirib olamiz. Vanilning 2/3 qismini ham solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Endi tuxumni birma-bir solamiz va yaxshilab ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Katta idish olamiz va ichiga un, qabartma, iste'mol sodasi, dolchin, muskat yong'og'i va tuz solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qirg'ichdan o'tkazilgan sabzini ham solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng unli va tuxumli massalarni aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirog pishiradigan qolipimizga sariyog' surtib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni qolipga solamiz. Ustini tekislaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Gaz pechida 40-50 daqiqa davomida 180 C da pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

So'ng pishgan pirogni gaz pechidan olamiz, 5 daqiqa davomida sovutamiz, so'ng olib ag'daramiz va 60 daqiqa davomida sovutamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Glazurni tayyorlab olamiz

Qaymoqli pishloq, eritilgan sariyog', limon sharbati va qolgan vanilni solib aralashtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ng pirogni ustiga glazur surtib chiqamiz. Ta'bga qarab ko'pirtirilgan qaymoq bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm qizil sabzi
250 gramm un
200 gramm shakar
250 gramm yumshatilgan sariyog'
60 gramm eritilgan sariyog'
4 ta tuxum
200 gramm qaymoqli pishloq
60 gramm shakar upasi
3 choy qoshiq vanil ekstrakti
1 cho qoshiq dolchin
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
surtish uchun muzdek sariyog'
oldingi
Milly kafesidan retsept: Anorli choy
keyingi
Videoretsept: Vanil-shokoladli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.