fbpx
Guakamole va shampinyondan tayyorlangan sendvichlar

Guakamole va shampinyondan tayyorlangan sendvichlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sendvichlarni yeyishni xush ko’rasizmi? Unda bugun sizlarga o’zgacha ta’mdagi, to’yimli bo’lgan sendvichlar tayyorlashni o’rgatmoqchimiz.

Sendvichlar juda qulay ovqat turi bo’lib, ularni nonushtada ham, yengil kechki ovqat sifatida ham iste’mol qilsa bo’ladi. Ularni oldindan tayyorlab o’zingiz bilan birga ishxonaga olib borishingiz, bolalarga maktabda yeb olishi uchun ham berib yuborishingiz ham mumkin.

Bizning bugungi sendvich uchun guakamole qaylasidan foydalanamiz, bu yerda uning to’liq retsepti bor.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
4 osh qoshiq guakamole qaylasi
250 gramm shampinyon
2 ta bodring
2-3 ta pomidor
1 bog' salat bargi
8 bo'lak toster noni
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Guakamole qaylasi tayyorlab olinadi.

Qadam 2
Tugllandi

Shampinyonlar yupqa to'g'rab olinadi.

Tovaga yog' solib shampinyonlar tillarangga kirgunicha qovurib olinadi.

Qadam 3
Tugllandi

Quruq tova yoki tosterda non bo'laklari qizartirib olinadi.

Qadam 4
Tugllandi

Salat barglari yaxshilab yuviladi va qog'oz sochiqda quritiladi.

Pomidor v a bodringlar aylana shaklda to'g'raladi.

Qadam 5
Tugllandi

Non bo'laklarining teng yarmi olinadi, ustiga guakamole qaylasi suriladi va to'g'ralgan bodring bo'laklari ustidan terib chiqiladi.

Qadam 6
Tugllandi

Ustidan qovurilgan qo'ziqorinlar teriladi.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng pomidor bo'laklari qo'yiladi va ustidan salat bargi joylashtiriladi.

Salat bargi ustidan yana guakamole qaylasi suriladi.

Qadam 8
Tugllandi

Sendvich usti non bo'lagi bilan yopiladi va cho'pchalar bilan mustahkamlaniladi.

Teng yarmidan yoki dioganal usulda kesiladi va dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi ma'lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • Serves 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
4 osh qoshiq guakamole qaylasi
250 gramm shampinyon
2 ta bodring
2-3 ta pomidor
1 bog' salat bargi
8 bo'lak toster noni
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Befstroganov taomi
keyingi
Oq shokoladdan qilingan Blondi keksi

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz