fbpx
Suli parchasi banandan tayyorlangan kekslar

Suli parchasi banandan tayyorlangan kekslar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mana bunday ko’rinishli kekslarga umuman un va shakar solinmaydi. Shu sababdan ham ular parhez tutuvchilar uchun ajoyib shirinlik vazifasini o’taydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta yaxshi pishgan banan
60 gramm suli parchalari ovsyanka
20 gramm yong'oq
1 osh qoshiq smetana
3 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim vanilin
Qadam 1
Tugllandi

Suli parchasini blenderda yaxshilab maydalab olamiz. Yong'oqni mayda to'g'raymiz yoki uni ham blenderda maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Bananlarni sanchiqda ezib maydalaymiz. Barcha masalliqlarni bitta tog'orachaga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Keksga mo'ljallangan qolipchalarni 2/3 hisobda xamir bilan to'ldiramiz va 180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Serves 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 ta yaxshi pishgan banan
60 gramm suli parchalari ovsyanka
20 gramm yong'oq
1 osh qoshiq smetana
3 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim vanilin
oldingi
Moshxo’rdali krem-sho’rva
keyingi
Issiq shokolad

Fikringiz